ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga
keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi.
Onalarimiz-chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to `ozlari
qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar.
Ilohim o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarini
umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini
duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin.
Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatni
ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar
ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin deb oqibat
qilar ekan. Lekin farzandni oqibati omonat oqibat bo`lar ekan.
Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi
yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay deb oqibat
qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga
qilgandek oqibat qilarkanmiz.
Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu
so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki
o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib
qo`yilibdi: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)” Qarang, hattoki
shu qabr toshini ham minnat bilab qo`yarkanmiz. Uni biz
qo`ydik deb qo`yarkanmiz: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”
Dunyoni yolg`onligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor-yo`g`I
besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni
esdaligimni nima keragi bor? “Aziz farzandlaringizdan esdalik
(!)”
Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida
yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani
astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz.
Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam
tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina,
bor yo`g`I bir og`izgina so`z aytadilar: “Bolam, keldingmi?”
Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib
ketadi. “Ha, onajon, keldim. Yosh bolamasman-ku(!) Uxlursez
bo`miydimi”, - deymiz.
Ey, azizlar, o`sha onaizor manguga uxlab qolganlaridan keyin
ona yotgan o`sha g`aribgina kulbaning g`aribgina derazasi
tagidan ming marta u yoqqa o`ting, ming marta bu yoqqa
o`ting, tunda o`ting, tongda o`ting, o`sha nido eshitilmas ekan:
“Bolam, keldingmi?”
Hovlimizni to`ldirib to`ylar qilamiz, kazo-kazolarni chaqiramiz,
oldiga borimizni ayamay to`kib solamiz. Lekin ikkala ko`zimiz,
ikkala qulog`imiz, vujudimiz, borlig`imiz o`sha derazaga
tikilgan bo`ladi. O`sha tanish chehra ko`rinarmikin, o`sh nido
qayta eshitilarmikin?: “Bolam, keldingmi?”
Taqdirni taqazosi bilan yillar o`tib, yana o`sha darvoza oldiga
yarim tunda kelamiz. Berk darvoza oldida to`xtab qolamiz.
Sababi esa oddiygina. O`sha topganimizni qo`liga qo`shqo`llab
topshirganimiz farzandlarimiz ha,. Jonimizda ortiq ko`rgan
sevgan yorlarimiz ham bizni yarim tunga qadar, tongga qadar
kutib o`tirishga toqatlari yetmay, uxlab qolar ekan. Ana
o`shanda qalbimiz uyg`onib qoladi, ana o`shanda vijdonimiz
uyg`onib qoladi. Ana o`shanda qo`llari qadoq mehribonimizni
sog`inib-sog`inib ketamiz…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев