Предыдущая публикация
Oftobdek mehrda yagonam - onam.
Boshimga tilla toj, ko'nglimga taskin,
Tunu kun tilimda shukronam - onam.
Oltin-kumush asli - tosh bo'lar ekan.
Onasizning ko'zi yosh bo'lar ekan.
Onasi bor - doim yosh bo'lar ekan,
Mehr ummonida durdonam - onam,
Qayga borsam yo'ldosh, hamroh taftingiz,
Sizdan baxt topdim, siz nima topdingiz?
Mudom manglayimda iliq kaftingiz,
Tole'imdan yorug' peshonam, onam.
Yonimda o'g'lim deb tursangiz, ona,
Yashayman g'amlardan g'olib, mardona.
Kelsangiz yuksalar g'arib ostona,
Ketsangiz mung'ayar koshonam, onam
Ko'rdim dunyo yetti mo''jizasini,
Topmadim qalampirmunchoq isini.
Ko'zlarimga suray bosgan izini,
Jannat bog'laridan nishonam, onam!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев