унга раво кўрармисиз?
Yoshim 19 da uyimga sovchilar eshik qoqanda 3 yil oldingi hayotim sarvarog'iga qo'ygan qora dog'imni deb oq ko'ylak shrin turmushdan mosuvoman. Qo'rqaman hamma bilsa mayli olloh onamni boshini men uchun egma. Otam bizlarni uydan haydagani, og'il farzand ko'rishni hohlagani uchunmi og'il bola zotidan nafratlanardim. Balki tog'ri ish qilgandurman.Ishondm bir yigitga ko'ngil qo'ydim. Qiz bola qancha uizoqlasang shuncha yaqin keladi degan narsani o'sha paytda chunganman. Oldiniga sevaman deb yurgan bolani mensimay keyin u mendan uzoqlashishni boshlaganida sevib qolibmanaaaa? O'zi zo'rg'a kun ko'rib, qizlarini zo'rg'a ham ona ham ota bo'lib boqayotgan onamni pullarini kelib kelib shu bolani qo'liga tutqazibman. Ko'zim shunchalar ko'r bo'lib qolgandiki uning hamma ehtiyojlarini qondirishga shu orqali undan bir og'iz shrin gap eshitishga xarakat qilardim. Unga esa hatto bu ham ozlik qildi. Qo'llari yugurib ko'zlari hirs bilan qaraganiga ham ahamiyat bermay qo'ygan ekanman. U sekin sekin meni qo'llariga o'rgatib oldi. So'ngra.....yo'q buni uham hohlamagan edi. Hatto bu ish bo'lganidan keyin qo'rqib ketganini yashirmadi. O'sha kuni bu soqir ko'zlarim ochildi. Unga indamadm faqat yeg'lardm. Ketishini so'rardim. U bo'lsa men nima qilishimni so'radi. O'sha paytda ko'zimga jonimga qasd qilishdan ortiq hech nima ko'rinmadi u bo'lsa bunday qilsam undan ko'rishligini u qamalib ketishi mumkinligini aytdi. Shundaham o'zini o'yladi. Sevardim jonimdan ortiq ko'rardim shuning uchun u bilan qolishni so'radim yalindim. E ahmoq qiz osha paytda onamni yuzi shuvut bo'lishi bu isnotni ko'tarish qiyinligini emas uni yoqotmaslikni o'ylabman. Eh mening 16 yoshim.Kunlar o'ta boshladi. Ortidan oylar. Endi na shrin so'zlar bor edi. to'gri u ortiq menga qo'liniham tekkazgani yo'q lekin Otasiz turtkilar bilano'sgan bo'lsamda hozir o'sha kunlarni qadriga yetyapman. U keyingi hayotimni butunlay do'zohga aylantirib yubordi. Har kuni haqorat, oldimda ekanligini sabablari aslida nimaligi ba'zida kaltaklar.... To'g'ri ayb qildim lekin buni biz qildikku? Olloh jazoyimni shundoh ham beryapti lekin nega u meni buncha azoblaydi? Buni sababini bilmayman hatto hozirham. Bularga sabrim yetmadi. Aslida mahsat ham shundamidi bir yildan so'ng u ham meni tark etti. Bolalik beg'uborlik quvonch onlari ham shu bilan ketdi. O'zimdan nafratdaman ollohim guvoh bir kun ham afsuslanmay ko'zimni yummadm. O'zimni o'ldirish qo'limdan keladi bechora onamni qabrim tepasida turishlari yeg'lashlari ko'z oldimga kelib juratim yetmaydi.Charchaganim rost lekin kurashish kerak. Yuraksiz deb aytgan yigitlar aslida bilishmaydi yuragimni kemirib tashlashganini . Osha bir kun hayyotimni butunlay do'zohga aylantirdi. Yeg'lab charchadim butunlay sindim. Lekin hali hech ham hayotimga o'zgasini kiritmadm. Ishonmasligimda emas sabab hayotimni yolg'on bilan qurish niyatim yo'q. Tog'risini aytishga juratim yetmaydi. Hatto yaxshi qailli qiz deyishsa ham vijdonim qiynaladi. O'zimni yuzsiz, pismiq qizdek his qilaman.To'yi yaqinlashganidan qizlar quvonadi. Men bo'lsam vaqt sekin o'tishini o'sha qo'rqadigan kunim kelmasligini so'rayman. Ollohga shukur ko'zlarimni kech bo'lsada ochdi. Faqat niyatim yaqinlarim men uchun zarar ko'rmasin. Bularni rahmiz kelishi uchun yoki o'zimni oqlash uchun yozganim yo'q. Eh qizlar gul yoshlikni tikanlargaalmashmang. Buning hatto quvonchi lazatti hamyo'q. Lekin o'zgaga ishonib o'zimizni hayotimiznibuzamiz holos. Yigitlar yalinib so'rayman yosh qizlarni hayolini buzib hayotini so'ndirib qo'ymang. Ertaga o'zingiz ham ota bo'lasiz. ERtaga o'zingiz ham bir gul o'stirasiz. Uni payhon qilishlarini sizham hohlamaysiz. Hozir bilmadmku hatto fohishalarga ham rahmim keladi. Ular ham bir paytlar balkim menfak afsus qilarlar. Oq ko'ylakni ko'rib oh urarlar. Olloh tog'ri yo'lga boshlaydi, Shayton yo'ldan ozdiradi. . Tog'ri bo'l disa hamma qiz to'g'ri bo'ladi. o'zida bo'sin deb aytasiz.Eh yigitlar siz yo'ldan adshtrb yuradigan shayton tarafmisiz yoki yo'lga soladigan olloh tarafidami. Bir uyni obro'sini tokmang. Hech bo'lmasa qizini yo'liga ko'z tikib uzataman to'y ko'raman degan onalarga rahmiz kelsin. O'shanda menday yuzi qoralar soni ko'paymaydi. o'z taqdirini siz qizlarga ravo ko'rmagan SAROBGULI.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 30