sizga aytmoqchi
bo'ldan voqea
yaqinda bo'lib o'tdi.
O'z erini deb aqldan
ozgan qiz xaqida!
Bizni uzoqrog' qarindoshimiz lekin
uyimiz yaqin. Kenja o'g'illari
Akrom aka uylandi onasi aytgan
qizga. lekin o'zini gaplashib
yuradigan qizi bor edi
yengiltabiatroq bo'lgani sababli
uyidagila u qizni olib berishmadi.
7 oy avval to'ylari bo'ldi.
Kamola ismli qizga uylandila. Juda
chiroyli bo'lmasada hamma bu
kelinchakni maqtar xatto oyijonim
ham doim manga ulani o'rnak qilib
ko'rsatar edilar. Ko'p o'tmay
Akrom akani oyisi Rahima opani
fikri aynidi kelinni uyiga
sig'dirmasdi. Shularni barisiga
Kamola chidardi. Rahima opa
o'g'lini kelinidan sovutish uchun
xar xil amallar qila boshlagach.
tinmay xudoni qarg'ishi tekkan
folbinga yugurardi. Hammasi
opaning
ko'nglidagiday bo'ldi. Kamolani eri
xar kuni uyiga haydar ketmasa
boshiga urib san itsan ket desam
ham ketmaysan deb xaqorat qilar
edi. Kamola oddiy sodda, judayam
halol insonlarni farzandi edi.
O'zidan keyin singillarini o'ylab
uyiga qaytmasdi. oilasini sha'nini
o'ylardi. keyinchalik eri bilan bir
xonadonda boshqa boshqa
xonalarda yotadigan bo'lishdi.
Birga bo'lishganda Akrom aka
avvalgi qizi bilan tinmay xotinini
oldida gaplashardi.
Bir kuni shaxardan Rahima opani
singlisi keldi.
Kamola xovlini supurib yurgandi.
choy damlab kelganida. Rahima
opa bilan singlisini suxbatini
eshitib qoladi
Anavi go'rso'xtani qachon uyiga
jo'natasiz? Kelin topib qo'ydim bir
boyvachchani qizi. to'yini ertasiga
ajrashib uyiga kelgan tagida
mashinasiyam bor. O'g'lingiz
svidanyaga chiqishi kerak. Kamola
bu gaplarni eshitmaganlikka oldi.
Kechqurun eri kelib, urib xaydabti,
lekin shundayam uyiga ketmapti.
Ertalabga yaqin mazasi qochib
qolgan ekan uyidagila
kasalxonaga yotqizishibdi. lekin
bir kechada Kamola aqldan
ozgandi. Uyidagila uni Ruhiy
kasallar
shifohonasiga joylashibdi
shunday qilib, 19 yoshli Kamola 7
oy ichida xayotning achchiq
chuchuklariga dosh berolmay
aqlidan ayrildi. Man bunga Akrom
akani ayblamayman mani
fikrimcha bunga bolasini umr
yo'ldoshidan sovutgan ona
aybdor. Eng achinganim Rahima
opa chunki ular 5 yildan buyon
yura olmasdilar. kelinlari ularga
kelindan tashqari xassa o'rniga
suyanchiq bo'lgandi. Bu ishlari
uchun xudoyim ularga xech
qachon ularga shifo bermasa
kerak.
Bunaqa voqealani ko'rib inson
kimnidir honadoniga kelin bo'lib
tushushdan ham qo'rqib qolar
ekan.
ZILOLA....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 47