topgan muhabbat
Sevgan qizimga
sovchilar kela
boshladi. Kelishib
birma-bir hammasini
qaytara boshladik.
Lekin uning ammasidan ham
sovchilar keldi. Dadasi opasini
yuzidan o‘ta olmay rozi
bo‘lgandek bo‘ldi.
Meni esa boshim qotdi. To‘y
qilishga umuman pulim qolmagan;
yaqindagina o‘qish shartnoma
pulini to‘lagan, endigina bitta
ho‘kiz olgan paytim edi. Sal
avvalroq olgan "Jiguli” rusumli
mashinamda kira qilib pul topar
edim.
Sevgan qizim haqida ikki yil avval
oyimga aytgan edim. Oyim ham u
qizni ko‘rib yoqtirib qolgan edilar.
O‘qishingni bitirishing bilan uylab
qo‘yamiz, degandilar.
Shu sababli nima qilishga boshim
qotib, oxiri oyimga bor vaziyatni
tushuntirdim; o‘sha qiz yo‘q desa
ham ammasi holi joniga
qo‘ymayotganini, oyisi biror kim
bilan sevishgan bo‘lsang ayt,
sovchilarini yuborsin,
deyayotganini oyimga aytdim.
Oyim biroz o‘ylanib: "Qiz menga
ham yoqadi. Lekin, o‘zing bilasan
akangni yangi hovliga chiqaramiz
desak hali bitmagan. Birovga
sovchilikka borgandan so‘ng uch
oyda to‘y qilinmasa gap so‘z
ko‘payadi”, dedilar.
Men esa qaysarlik qilib hech
bo‘lmasa bir marta borishlarini
so‘radim. Ungacha ishlagan
pullarimni yig‘amiz, do‘stlarim ham
yaxshi bolalar, qarab turishmaydi,
dedim…
O‘sha payt dadam dam olgani
ketgan edilar. Oyim ham ertaga
dadang kelsinlarchi, birgalashib
gaplashib ko‘ramiz, dedilar.
Bir kunni bir asr kutdim shekilli…
Dadam keldilar, oyim bor gapni
tushuntirdilar. Dadam ham:
–To‘g‘ri-da, 23ga kirdi.
Yuraveradimi shunaqa. Sen chiqib
urf-odatini qilib kel. Buyog‘ini ota-
bola boplaymiz. O‘g‘lim, qizini rozi
qilgan bo‘lsang bo‘ldi. Otasini o‘zim
rozi qilaman! – dedilar.
Yelkamdan tog‘ ag‘anadi. Oyim
sovchilikka bordilar. Boshqa
sovchilar kelganda xonasidan
chiqmay qamalib o‘tiradigan qiz
choy-nonlarni qilib, o‘zi ovqatlarni
suzib kiribdi. Xullas, ular rozi
bo‘lishdi.
Fotihamizni nishonlagani
aylanishga chiqdik. Meni
qitmirligim tutib, u bilan
hazillashishni boshladim:
–Men xizmatdalik paytim o‘zimdan
katta bir qiz bilan yurganman. U
farzandli bo‘libdi, tekshirtirdim,
mendan ekan.
U dovdirashni boshladi. Yana
davom etdim:
–Meni kechir, men senga uylana
olmayman, dedim.
U esa yig‘lab yubordi. Keyin:
–Sizlarning gunohingizga bola
aybdor emas! Uni tirik yetim
qilmang, u ayolga uylaning, men
o‘z yo‘limni topib olaman, deb
shart burildi-da ketib yubordi.
Ham kulgim kelib, ham qilgan
ishimdan vijdonim qiynalib uning
ortidan yugurib bordim-da bu
gaplarimning bari hazil ekanligini
aytdim. U hafa bo‘ldi, 2-3 kun
gaplashmadik.
Kattalar – ikki yosh bir yil
yurmasin, deb to‘yni tezlatishdi;
Uyni ta’mirlash, to‘yga,
to‘yxonaga, mashinaga, hali unga,
hali bunga pul yig‘ish, pul sarflash
boshlandi.
Tibbiy tekshiruvdan o‘tish
paytimizda u negadir hafa bo‘lib
chiqdi. Uni ko‘rib:
–Nega hafasan? –desam.
–Biror joyga borib o‘tiraylik, aytib
beraman, dedi.
Nafasim ichimga tushib ketdi.
Borib o‘tirdik:
–Nima bo‘ldi? – dedim.
–To‘yni qoldiramiz. Menda
shamollash bor ekan,
davolanmasam farzand ko‘ra
olmas ekanman, dedi.
–Ho‘p nima qilibdi? To‘y bo‘ladi,
to‘ydan keyin ham
davolanaverasan – dedim.
U ham ho‘p degandek bosh
qimirlatib, muzqaymoq olib
bersangiz yana bitta gapim bor
dedi…
Qo‘rqib ketdim. Tomog‘imdan
muzqaymoq ham o‘tmadi. U gap
boshladi:
–Faqat jahlingiz chiqmasin, haligi
gaplarim hammasi hazil edi, o‘sha
kungi yig‘latganingiz uchun hisob
1:1, dedi…
Kulib yubordim-da yana bitta
muzaqaymoq olib berdim…
Xullas to‘yimiz orzu qilganimizdan
ham zo‘r o‘tdi. Mehmonlar to‘lib-
toshgan, oshna-og‘aynilar o‘ynab,
kulib to‘yni qizdirishgan… Hamma
bizni to‘yimizga havas qildi.
To‘ydan keyin yana "Jiguli” sotib
oldim. O‘qishimni ham bitirib
yaqinda bakalavr darajasini
egalladim. To‘rt oy oldin shiringina
qizchamiz ham tug‘ildi. Sevgimiz
va baxtimiz yana ham
mustahkamlandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12