"
Xozirgi yoritib beradigan
voqeamiz aynan hayotiy
voqea
bo'lib, Bunda G'urur ustun
bo'lgani uchun ayriliqqacha
olib
boradi. Bu voqeaning ham
asosiy moxiyati shundan
iborat Farida
odatdagidek toqatsizlanib
Azizni
qo'ng'irog'ini kutyapti. Uy
ichida
hali u burchakka yuradi, hali bu
burchakka. Har zamonda
telefon
ekranini yoqib, kibr ila qosh
chimiradi-yu, "Hih, ko'nglimni
ko'chasi, baribir qo'ng'iroq
qilasanu, ammo o'chiq bo'ladi"
deydi-yu, telefonining qizil
tugmasini zarb bilan bosib
turadi
va o'chirib qo'yadi. Hovlidagi
ba'zi chala ishlarini bitirib,
zo'rg'a 30
daqiqani o'tkizadiyu, yugurib
xonasiga kiradi. Shoshilib
telefonining qizil tugmasini
bosadi. Sms kelishini kutadi.
"Ha,
hozir keladi, hozir vam zvanili
+99866.....26 deb sms keladi"
deya telefonidan ko'z uzmay
qarab turardi. Ammo befoyda.
Shu vaqt mayin kuy taralib sms
keldi, shoshgancha qarasa
kampaniyadan "*808# ($0.15)
tering va 1MB narxi: kunduz
kuni-
$0.02, tunda...". Haaa
megabaytim
chiqib turibdi o'zi deya
baqiradi
u. "Bir bora qo'ng'iroq qilsa,
osmon uzilib yerga
tusharkanmi?
Baribir qo'ng'iroq qilasizu,
bugun bo'lmasa ertaga, ertaga
bo'lmasa
indin, indin ham bo'lmasa
o'layotganimda..." deydi alam
bilan. Endi esa Azizni holatini
kuzatamiz. Ertalabdan buyon
ish
kursisida hafsalasizgina
o'tiribdi. Qoshini chimirib,
Faridani
o'ylaydi. "Hih, tentak" deb
boshini
chayqaydi. "Odam degan ham
shunaqa bo'ladimi? Unaqa
desang bunaqa deydi, bunaqa
desang unaqa. Telefon qilsang
ham bir dard, qilmasang ham.
Nima yoqadi o'zi u qizga?" -
o'ziga o'zi gapirib, "Bilmadim"
degan ishorada yelka qisadi.
Asabiylashib qarshisidagi
soatga
qaraydi. 12:40, lekin bir marta
ham eslamadi. Qo'ng'iroq
qilsammikan, e yo'q o'zi qilsin.
Ertalab 3 marta "Buyurmadi
baxt"ni eshitdim. Buyurmadi
baxtga balo bormi? Seni
sevaman
degan birortasini topib qo'y.
Yo'o'o'q, u albatta meni
asabimga
tegishi kerak, yoki o'sha
Shaxzodmi, balomi battarmi,
shunisini unutmadimikan? 3
yildan
buyon shu
ahvol. Nuqul u kishimga
yalinishim kerak. Ufff,
bu ahvolda Aziz uzoqqa
bormaydi. 30ga chiqmay
tamom
bo'laman, ichimdan
chiriyapman
o'zi. Shu vaqt eshik ochilib,
hamkasbi Farxod kirib keldi,
ammo u parvo ham qilmadi.
-Aziz, kim bilan gaplashyapsan?
-Nima?
-Nimamas, kim bilan
gaplashyapsan deyman.
-A? -Tavba, isitmang yo'qmi?
-Nima edi?
-Yo, davom etuvir, biz tushlikka
chiqyapmiz, chiqsang yur.
-Yo, ovqat yemayman, e
to'xtanglar, boraman. -deya
tosatdan fikri o'zgarib qoldi va
ketar chog'i telefoniga qarab
gapirdi "Baribir telefon qilasan-
ku, ammo men ko'tarmayman,
Tuuuuut - tuuuuuut degan
musiqa eshitasan hahahaha"
dedi.
-Nega telefonga qarab
gapirding
Aziz? - qiziqib so'radi Farxod.
-Qoldirib ketyapmanda,
bo'lmasa
qo'ng'iroq qilsa qo'limda bo'lsa
javob berib qo'yaman, qaytar
dunyo qilyapmanda Farxod.
Farxod esa "Hech nimaga
tushunmadim" degandek
ko'zini
katta - katta ochib, labini burib,
yelka qisdi. Tushlik bir yarim
soatga cho'zildi. Azizni xayoli
esa xonasida qolgan telefonda,
"Necha marta telefon qildi
ekan,
rosa jig'ibiyroni
chiqayotgandur,
battar bo'lsan!" Xonasiga kirib,
ish stoliga o'tirar ekan,
telefonining tugmachasini
bosdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki,
sakkizta
javobsiz qo'ng'iroq, bitta sms.
Miyig'ida kuldida, g'olibona
g'urur tuydi dilida va
telefonida
"Open" tugmasini bosdi. Mana
shu yerda Uahahaha devorish
kerak. Chunki, 2marta o'rtog'i
Jasur, 3marta oyisi, 5marta
qo'shnisi Bobur qo'ng'iroq
qilibdi. Yuzi o'z o'zidan qip-qizil
bo'lib ketdi, qo'llari musht
bo'lib
tugildi, tili ham jim turmasdan:
Ming lanat dedi. Smsni ochdi
MCHS yo'qlabdi. O'ziga o'zi
"Battar
bo'l Aziz" dedi. Odam ham
shunaqa bo'ladimi, aybini bilib
bir
marta aqalli sms yozsin. Bitta
nuqta yuborsin, e yo'q nuqta
yaxshimas, yaxshisi bitta
vergul
junatsin... Yooo uni haqqi ketib
qoladi. Shu vaqt oyisi yana
qo'ng'iroq qilib qoldi.
-Labbay oyi.
-O'g'lim, nega qo'ng'irog'imga
javob bermaysan? Tez kel
bobongni yana tobi qochib
qoldi
(Oyisining dadasi). - oyisining
ovozida dard bor edi.
-Xo'p oyi, xo'p hozir. Yetib
borgach, bobosini oldiga kirdi.
Bobosi Azizni qo'lidan tutib:
-Azizjon, sen mening to'ng'ich
nabiramsan, ishonganim sen.
Senga bir iltimosim bor, men
sening to'yingni ko'rishni
istayman. Ko'zim ochig'ida,
Gulzeraga uylansang, armonsiz
o'lardim bolam. Aziz qo'lini
shart
tortib oldi.
-Bu nima deganingiz bobo.
Gulzera xolamni qizi-ku, buni
ustiga endigina 15ga kirgan. -
Bolam, bobongga gap
qaytarma! -gapga aralashdi
onasi.
-Xo'p uylanaman, lekin
Gulzeraga
emas, axir u singlim-ku bobo.
Shermat bobo ters qarab yotib
oldi va "O'layotgan bobongni
gapini ikki qilding-a bolam"
deb
yig'lay boshladi. U deyishdi,
bu deyishdi,
xullas
Azizni ko'ndirishdi. Oradan 2
kun
o'tdi. Farida esa ovqat
pishiryapti. Hayolan Azizga
turmushga
chiqqanini, uning uyida Aziz
uchun ovqat
tayyorlayotganini,
shu yerda ham u bilan
tortishayotganini ko'z oldiga
keltirdi. "Exx, bilmaysizda, sizni
qanchalar sevishimni, bilsangiz
edi... Siz esa nuqul ozor berasiz,
bir bor qo'ng'iroq qilsangiz
nima
qilardi,
endi javob bermayman,
ishoning
umuman javob bermayman
qo'ng'iroqlaringizga." Shu vaqt
telefoning ekranida u uchun
sevimli bo'lgan chexra ko'rindi,
telefoni esa mayin kuy tarata
boshladi. Farida qanday qilib
ko'tarib, qanday "Alo"
deganini bilmay qoldi.
Sevganining ovozida
dard bor edi.
- Aziz, sizga nima bo'ldi?
Tinchlikmi?
- Haaa, jonim tinchlik. Bilasanmi,
men seni qanchalar
sevishimni...? Yo'o'o'q,
bilmaysan, bilganingda
bunchalar beg'am
yurmasding.
Seni Azizing bir haftadan keyin
boshqasiga uylanyapti Qo'shni
turishimiz yodingdami? Endi
qanday chidaysan har kuni
uying oldidan u bilan o'tib
ketsam
qanday dosh berasan gulim?
Ha
sen juda sabrlisan, qo'ng'iroq
qilmagunimcha chidaysan...
Balki
bunga ham ahamiyat
bermassan.
Sen yutding, men qo'ng'iroq
qilib qo'ydim... Baxtli bo'l,
Alvido! tut-
tut-tut-tut.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 22