Faqatgina ona darding olarkan,
Oyog'ingdan chalsa do'st-u dushmaning,
Faqatgina ona dildan yig'larkan.
Kimlardir Yo'lingga to'siq bo'larkan,
Kimdir ustingdan kulib, Ko'ngli to'larkan,
Qalbing Yig'laganda,Yuraging yonsa,
Faqatgina ona darding olarkan...
Bir kuni do'sting xam sotib ketadi,
Sen sabab,Dushmaning orzusiga yetadi,
Xatto farzanding xam qilmaydi parvo,
Faqatgina ona Senga kuyib dardlar yutadi..
Bir kuni omad xam ketadi sendan,
Bir kuni nomard xam ketadi sendan,
Sen tushunmagan, Mexr bermagan,
Faqatgina onang ketmaydi sendan...
Xatto sevganing xam uzoq kutmaydi,
Seni onang kabi dardlar yutmaydi,
Seni kutib onaning sira ko'zlari tolmas,
Seni xech kim u kabi zor bo'lib kutmaydi...
Bilib Qo'y ona doim duo qilguvchi,
Sen yomon bo'lsangda, Yaxshi bilguvchi,
Sen O'lim bilan olishsang,Bag'rini tig'lab,
Sen chun xattoki Jonin berguvchi...
Faqatgina onang, yo'ling poylaydi,
Qalbining to'riga seni joylaydi.
Faqatgina ona faqat seni o'ylaydi.
Sen yonida bo'lsangda, senga to'ymaydi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев