Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Darakchi” gazetasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Xabar berishlaricha, Toshkent shahridagi eng iliq yangi yil kechalari XXI asrda kuzatilgan. 2009-yil 31-dekabr oqshomida havo harorati +17,7 daraja iliq bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yil – 2010-yil 31-dekabrida Yangi yil +19,1 daraja iliq havo ostida kutib olingan.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston poytaxtidagi eng sovuq Yangi yil oqshomlari XIX va XX asrlarda kuzatilgan. Xususan, 1929-yil 31-dekabrida havo harorati -20,8 darajagacha sovigan bo‘lsa, 1889-yili 31-dekabrida kuzatuvlar tarixidagi eng qahraton Yangi yil bo‘lib o‘tgan – shu kuni Toshkent shahridagi havo harorati -27,5 darajagacha sovigan.
https://telegram.me/joinchat/DD3FJD_cm9gKmSz1hVTOfg
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Gruppa nomi: Xabar; ko'pinchalik bu gruppada Dunyo xabarlari va Qiziqarli yangiliklar, Suport xabarlari joy olgan. Marxamat tashrif buyuring, gruppa manzili bu yirda⇩⇩
http://ok.ru/group/52553106784407