Do’stimiz dilidegi dardlar…!!!Oilada katta farzandman. Mani dunyoga keltirgach oradan 10 yil o’tib Onam yana bir farzandli bo’ldilar. Muxlisa…! Jondan aziz singiljonim. U tug’ilgach naqadar quvonganimni tariflawga so’z ziynati ojizlik qiladi. Boisi 10 yowga kirgunimga qadar singlim yoki ukam bo’liwini juda xoxlardim. Nixoyat orzularim ijobati o’laroq oilamizda chaqaloqning ovozi yangradi. Singlimni parvariwlawda Onamga yaqindan yordam berardim. Mittivoyimni alla aytib uxlatib,xattoki cho’miltirib qo’yardim.Bog’chayu maktablarga yetaklab olib borardim.Singiljonimni xech kimga iwonmasdim.U xam mani jonidan ortiq ko’rardi,akajon deb erkaliklar qilardi.Injiqliklarini mamnuniyat bilan qabul qilardim,erkaliklari jonimga xalovat ulawardi. Nilufardek nozik yelkasiga o’zim uchun qadrli 2 narsani yuklagandim. Iwonch xamda Nomus. Singilginamga nomusimni iwonib topwirgandim. U xam ma’suliyatli ekanligini xis qilib turardi. Wu boisdan bo’lsa kerak nojo’ya qadam bosganini ko’rmaganman. Oradan yillar o’tib ulg’aydik. Bu orada otam vafot etdilar Onam esa og’ir dardga chalinib qoldilar. Ularni davolawga qo’limda yetarli mablag’im bo’lmaganligi sababli yaqin bir do’stimdan qarz oliwga majbur bo’ldim. Wukurkim do’stim yordamini ayamadi.Olingan qarz evaziga Onamni wifoxonaga yotqizdim. Wu tariqa volidamni qiynayotgan azobdan xalos etiwga eriwdim.Biroq o’wanda yana bir muammo tug’ilgandi. Endi qarzdor kimsaga aylanib qolgandim. O’zingizga ma’lumki xalqimizda qarzi bor insonning farzi bor degan naql mavjud. Wuning uchun xam bo’ynimdagi qarzimni tezroq uziwga kiriwa bowladim. Natijada o’zga bir davlatga iwlaw uchun jo’nab ketiwdan bowqa ilojim qolmagandi. Endigina azoblardan xalos bo’lgan Onamni singlimga omonat qoldirdim. Singlingnichi…? deb so’rasangiz yaxwiyamki osmonlarda Olloxim mavjud. U yerda ikki yil mobaynida og’ir mexnat qilib qarzimni uziwga xamda singlimni uzatiwga yetarli darajada mablag’ to’pladim.Uyga qaytar chog’imda o’zimni naqadar baxtiyor xis etkanligimni tasavvur qilayapsizmi…? Endi birovdan tilim qisiq joyi yo’q xudo xoxlasa singlimni bekami ko’st o’zga uyga kuzataman deb niyatlar qilgandim. O’wa umidlar istagi tezroq uyga yetib oliwga undardi. Nixoyat Onajonim xamda mexribon singiljonimning diydorlariga to’yiw nasib etdi. Oradan ikki kun o’tib do’stimdan olgan qarzimni uziw maqsadida uning uyiga bordim. O’wa kuni do’stim owna og’aynilarini yig’ib ziyofat berayotgan ekan. Qarwiligimga qaramay mani xam ziyofatga werik qildi. U yerdagi yigitlar mukkalaridan ketadigan darajada wirakayf bo’lib qoliwgan, axmoqona gap so’zlarni aytib o’zaro xazil xuzul qiliwardi. Birozdan so’ng suxbat mavzusi manga kelib taqaldi. Ular o’zga davlatda qilgan iwlarim bilan qiziqib savollarga ko’mib tawlawdi.U yerdan mo’maygina daromad iwlab qaytganimni o’wa pullarni do’stimdan olgan qarzimni qaytariwga xamda singlimni uzatiwga sarflamoqchi ekanligimni mamnuniyat bilan ta’kidladim. Biroq wu onda do’stimning aytgan bir og’iz gapi butun xayotimni ostun ustun qilib yubordi. ,,Malades erkak bowqa davlatka iwliman dib ketib singlisi qilib yurgan iwlardan bexabarde o’wanchun faxrlanib gapirvotti’’
DAVOMI ♥♥ ReaL VoqeaLa ♥♥ GURIHIDA http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=56930629910560&_prevCmd=userMarks&tkn=2633
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=56945691656238&st.page=1&st.frwd=on&_prevCmd=altGroupMain&tkn=6832
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=56945691656238&st.page=1&st.frwd=on&_prevCmd=altGroupMain&tkn=6832
Ok.ru/group/53037012025449
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев