01 Ikki xotin qilgan
gunohlariga tavba-tazarru qilish
uchun donishmand huzuriga
keldilar. Bulardan biri hali yosh,
ikkinchisi esa qirq besh-elliklarga
kirgan xotin edi. Yosh xotin
o`zining zo`r gunohli ekanini
bilib, shu qilgan gunohi uchun
qayg`urardi. Katta yoshli xotin esa
o`zini xudojo`y hisoblab, ba`zi
mayda-chuyda gunohlardan
bo`lak gunoh qilmaganiga
ishonardi va buning uchun o`z
holidan mamnun ham edi.
Donishmand ulardan qanday
gunohdan azoblanayotganlarini
so`radi. Yosh xotin ko`zlaridan
yosh to`kib: - Men juda zo`r
gunoh qildim: erim bilan
urishdim, qattiq-qattiq so`zlar
aytib, uning ko`nglini vayron
qildim, - dedi. Katta yoshli xotin:-
Men xudojo`y xotinman, ehtimol
ba`zi mayda-chuyda gunohlar
qilgan bo`lsam bordir, ammo zo`r
gunoh qilmaganimga ishonaman,
mayda gunohlarimga tavba
qilsam bas, - dedi. Donishmand
bularning so`zlarini diqqat bilan
tinglab, yosh xotinga: - Mana shu
bog`chaning chetida anchagina
katta-katta toshlar yotibdi.
Shulardan o`zing ko`tara
oladigan bir toshni olib kel, -
dedi.Katta yoshli xotinga:- Sen har
qaerdan mayda toshlarni terib,
bir xaltaga solaver, xaltang
to`lgandan keyin olib kel, - deb
buyurdi. Xotinlar uning
buyrug`ini bajardilar. Yosh xotin
katta bir toshni, katta yoshli xotin
esa bir xalta to`la mayda toshlarni
keltirdi. Donishmand har ikki
xotinning keltirgan toshlarini
ko`zdan o`tkazgandan so`ng,
ularga: - Endi keltirgan
toshlaringizni o`z joylariga eltib
qo`ying, - dedi. Xotinlar toshlarni
olib ketdilar. Katta tosh keltirgan
yosh xotin toshini
yanglishmasdan joyiga eltib
qo`yib, darrov donishmand
yoniga qaytib keldi. Katta yoshli
xotin esa har bir toshni qaerdan
olganini bila olmay garang bo`ldi. DAVOMI KAMENTARIYDA...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Donishmand har ikki xotinga
qarata: - Gunohlar ham shu
toshlar kabi katta yoki kichik
bo`ladi. Mayda gunohlarga e`tibor
bermasak, keyinchalik katta
gunohlar qilishga o`tamiz.
Shuning uchun, mayda
gunohlardan ehtiyot bo`linglar, -
dedi va yosh xotinga: - Sen og`ir
toshni qaerdan olga¬ning¬ni
esingdan chiqarmay, yana o`z
joyiga eltib qo`yding. Shunga
o`xshash qilgan aybing,
gunohingni ham unutmay
qayg`urding, vijdonan
azoblanding, tavba qilding, shu
bilan gunoh shumligidan
qutulding,- deb qo`shimcha qildi-
da, o`zini begunoh hisoblaydigan
xotinga: - Sen mayda toshlar
o`rinlarini unutganing kabi
mayda gunohlaringni ham
unutgansan, asta-sekin gunohlar
loyiga botganingni ham sezmay
qolgansan. Tavba qilish o`rniga,
«Gunohim kam» deb kekkayib
yuribsan. Darhol tavba qil, shoyad
hidoyat topsang, - dedi...