Предыдущая публикация
g‘ijim,
Fasliy xasratlarga to‘lgandir
ichim,
Sevgilim, sevgingni sog‘inib
qaytdim.
Yoningga og‘rinib, og‘rinib
qaytdim.
Keldim, o‘sha eski suratim bilan,
Umidim uyg‘otgan jur’atim bilan,
Xazonlar aytmoqda poyimda
o‘lan,
Umrimdan topmayin hech rivoj
qaytdim,
Pushaymondan o‘zga yo‘q iloj
qaytdim.
O‘ylardim, muhabbat bir o‘yin
xolos,
Sevgi borligiga ishonmasdim,
rost.
Nogahon chaqmoqdek keldi bir
ovoz,
Yana ishq mayidan ichir deb
qaytdim,
Azizim, so‘nggi bor kechir deb
qaytdim.
Bas, tamom, aytgali so‘zim
qolmadi,
Senga qaramoqqa ko‘zim
qolmadi,
Yana kelmoqlikka yuzim qolmadi,
Ishongin, yoningga so‘nggi bor
qaytdim,
Vafodan o‘zimga so‘rab dor
qaytdim…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев