Bir
musulmon yarim tunda köchadan
uyi tomon qaytardi. Köchada ikki
rus yigiti bir-biri bilan
janjallashishardi. Bu janjal
mushtlashuvga aylanib ketdi.
Musulmon öz e'tiqodi talablariga
köra ularni ajratib qöyishga
oshiqdi. Ayni shu vaqtda
janjallashayotganlardan biri
ikkinchisini pichoqlab qöydi. U
pichoqni nima qilishni bilmay
qolgan musulmonning qöliga
tutqazib, özi qochib qoldi. Tez
orada militsiya yetib keldi. Yigitni
qotillikda ayblab hibsga olishdi.
Qotil emasligini aniq dalillar bilan
isbotlay olmagani, guvohlarning
yöqligi sabab uni 6 yilga
qamashdi. Qamoqxona Sibirda
joylashgan edi va haddan
tashqari sovuq edi. Eng yomoni
esa, qamoqxonadagi
maxbuslarning qalblari Sibir
havosidanda sovuqroq edi. Yigit
har kuni 5 vaqt namozni kanda
qilmasdi. Öz farzlarini astoydil
ado etardi. Lekin uning namoz
o'qishi qamoqxonadagi
xodimlarga yoqmasdi. Qahraton
yanvar kunlarining birida, harorat
-45 daraja sovuqligiga qaramay
bir badfe'l xodim musulmonni
yengil kiyimida köcha
kalonnasiga uloqtirdi. Tashqari
shu qadar sovuq ediki, musulmon
qilich bilan tanasini kesib
tashlashayotgandek his qilardi
özini. Sovuqdan ko'zlarini
ochishga qiynalardi. Qorong'u
tushgach, sovuq battar kuchaydi.
U tinmay Ollohga yolvorardi: Meni
bu azobdan qutqar, Tangrim!
Oxiri tanasi butunlay muzlab
qoldi. Sekin xushidan keta
boshladi. Shu paytda bir yorug'lik
paydo böldi va asta-sekin unga
yaqinlasha boshladi. Bu bir oq
ayiq bölib, uning tanasi juda kata
edi. Oq ayiq musulmonni bag'riga
oldi. Uning tanasi shu qadar issiq
ediki, yigit uxlab qoldi. Ayiq ham
qilt etmay yotardi. Ertasiga ertalab
qamoqxonada shov -shuv
tarqaldi: tungi navbatchilikda
turgan ikki nafar sovuqdan
muzlab qolgan kishining jasadi
topildi. Sal o'tmay yana bir shov-
shuv kötarildi: kecha ko'cha
qamog'ida yotgan musulmon
yigiti ustida bir dona ko'ylagi
bilan qamoqxonaga tirik va tetik
holda kirib keldi! Olloh hech
qachon unga iltijo qilgan
bandasini yolg'iz tashlab
qo'ymaydi! E'tiqodimiz
mustahkam bölsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1