Irisov domla: Oldingi shallaqilarni insofi bor edi!
Meni yangi oʻzlashtirilayotgan choʻl hududida tashkillashtirilgan maktabga ishga joʻnatishdi. Boshqa oʻqituvchilarga nisbatan yosh boʻlganim uchun rozi boʻlmay ilojim yoʻq edi. Xullas oʻsha yerga borib, oʻrnashib olib haftani boshidan ishga chiqdim. Darslarni boshladim. 10-sinfda bir rus millatiga mansub bola bor ekan. Uni onasi Moskvadan joʻnatilgan mutaxassis ekan. Shuning uchunmi? Bu bola boshqalardan oʻzini bir pogʻona ustun olib yurar, boshqa bolalar bunga gapira olmas ekan.
Chorak tugash arafasida nazorat ishi boʻlishini hamma 10-sinflarga eʼlon qildim. Yaxshilab tayyorgarlik koʻrishlari kerakligini tayinladim. Oradan bir hafta oʻtkazib, nazorat ishini oldim. Haligi rus bola odatda bunday narsalarni kimdandir koʻchirib olar edi. Men atay shu bolani oldida oʻtirdim. Oqibatda hech kimdan koʻchira olmadi. Oʻz bilganicha yozib topshirdi.
Uni topshirgan nazorat ishini tekshirsam, boshidan oxirigacha xato. Nazorat daftari qip-qizil boʻlib ketdi. Ertasi kuni nazorat ishini yoza olmagan hamma bolani bitta-bitta chaqirib soʻradim: Uyingda chiroq bormi? Uying issiqmi? Yumshoq koʻrpa,toʻshak bormi? Matematika kitobing bormi? Bu savollarga ijobiy javob olganimdan soʻng. Soʻradim nega tayyorlanmading? Nega sharoiting boʻla turib dars qilmading? Javob boʻlmadi. Hammasini olib chiqdim 10 nafardan ortiq oʻgʻil qiz. Maktab hojatxonasiga olib bordim. Birinchi hojatxonani tozalatdim. Keyin kitobini oldirib shu hojatxonani oldida tik turdirib oʻqitdim. Buni hamma koʻrdi. Yosh bolalar kuldi.
Ertasi kuni yana chiqarib hojatxonani yana tozalatdim. Haligi rus bolani atay kuzatib turdim. Boshqa bolalardan kam ishlamasin deya. Keyin oʻquvchilarni partasini hojatxonani eshigini oldiga qoʻyib, nazorat ishini qaytadan oldim. Oʻquvchilarni kiyimiga hojatxonani hidi urib ketdi. Tushdan keyin sinfxonada nazorat ishini tekshirib oʻtirsam, Oʻsha Moskvadan joʻnatilgan xonim afandi vajohat bilan kelib, sinf eshigini oldida menga baqirib ketdi. Indamay oʻz ishimda davom etaverdim. Bu uni battar jahlini chiqarishni boshladi. Bir mahal meni nogironligimni yuzimga solib: "Kogo tolko k nam prisilayet ne tolko invalid, i umstvenno otstalogo" deb yubordi. Shu vaqti oʻzimni bosa olmay oʻrnimdan shart turib, oʻzim oʻtirgan kursini eshikka qarab otib yubordim.
U ayol qochib ketdi. Jahlim chiqib hech narsa yoqmay qoldi. Keyin men xam oʻzimga ajratilgan uyga ketdim. Kechga yaqin botayotgan quyoshga qarab xayol surib oʻtirgan edim, tuman XTB mudiri kelib:
-Alijon yuring sizni ziyofatga olib boraman deb qoldi.
-Domla uzr shu bugun kayfiyatim yaxshi emas. Bittasi asabimni yomon buzdi.
-Bilaman uka. Yuring shu kayfiyatni koʻtaramiz. Endi ishda nimalar boʻlmaydi deysiz. Hali yoshsizda. Endi bu yogʻini koʻraverasiz. Yuring ana mashinada kelganman. Oʻzim olib kelib qoʻyaman.
Mudir meni toʻgʻri haligi rus ayolini uyiga olib keldi. Men obbo shunisi yetmay turudi. Endi kechirim soʻratsa kerak deb turgan edim. Uydan haligi ayol chiqib:
-Alijon aka izvinite, ya ne znal chto on sam vinovat. Izvinite! (Kechirasiz Alijon aka, men oʻgʻlimni oʻzi aybdor ekanligimni bilmabman. Kechirasiz!)
Shu vaqti oʻgʻlini olib chiqib:
-Vot moy sin. Teper vash sin. Vot sveditel vi mojete polnostyu nakazivat. Eto vasha prava.(Mana oʻgʻlim. Endi sizning oʻgʻlingiz. Mana guvoh oldida aytaman siz buni toʻliq jazolashingiz mumkin.)
-A teper zaxodite, ya dlya vas koye chto prigotovila. Otmechat budim etot znakomstvu.( Endi kiringlar tanishganimiz sharafiga ziyofat qilamiz.)
Keyin bilsam ayol toʻgʻri mudirni oldiga borib, meni ishdan haydashni talab qilgan. Mudir sababini soʻrasa, oʻgʻliga hojatxonani tozalatganimni aytgan. Mudir oʻgʻlingizni chaqiring deb, oʻgʻli kelgandan keyin voqeani bir boshidan aytib berishini soʻragan. Voqeani boshidan eshitgan ona jim boʻlib qolgan. Oʻgʻlini chiqarib yuborib, Mudirga bugun kechga shu oʻqituvchini olib keling. Men yaxshilab tayyorgarlik koʻrib qoʻyaman. Kechirib soʻrab, ziyofat qilib beraman degan ekan.
P.S: Dadam rahmatli yaxshi xam hozirgi kunimizni koʻrmasdan ketdilar. Hozirgi ota-onalarni oʻqituvchiga nisbatan munosabatini koʻrganlarida bilmayman qanday holga tushgan boʻlar edilar?
Xar doim dadajonimdan duo olar edim. Ajabo taqdiri ilohiy shu ekanki, duo qilish bugun meni navbatim. Azizlar oralaringda duosi toʻxtovsiz qabul boʻladigan kishilar bor. Dadajonimni duo qilsalaring.
Alloh taolo dadajonim Alijon Maʼrufjon oʻgʻlini oʻz rahmati bilan oʻrab olib jannatning eng baland darajalarida mehmon qilsin! https://t.me/Kenja_Botirjon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев