KELIN... Qadimgi Xitoyda
turmushga
chiqqan qiz erining uyida
yashab,
unga va uning onasiga xizmat
qilishi kerak edi. Shunday urf-
odatlarga muvofiq turmush
o‘rtog‘ining xonadonida yashab
kelayotgan bir qiz to‘ydan keyin
qaynonasining ginalariga chiday
olmabdi. Shu bois undan
qutulishga qaror qilibdi. Qiz
dadasining tabib o‘rtog‘ini oldiga
borib, unga: – Qaynonam bilan
boshqa yashay olmayman. U
meni
yaqinda aqldan ozdiradi. Yordam
bera olasizmi? Buning evaziga
yaxshigina haq beraman, –
debdi.
– Senga qanday yordam
berishim
mumkin? – deya so‘rabdi tabib. –
Zahar tayyorlab berishingizni
istayman. Qaynonamni zaharlab,
barcha kulfatlarimdan xalos
bo‘lmoqchiman. Uzoq o‘yga
tolgan tabib shunday debdi: –
Mayli yordam beraman. Biroq ikki
narsani tushunishing kerak
bo‘ladi. Birinchidan, qaynonangni
darhol zaharlay olmaysan. Chunki
odamlar buni sen qilganingni
payqab qolishadi. Senga asta-
sekin o‘ldiradigan zahar
tayyorlab
beraman. O‘shanda uni sen
zaharlab o‘ldirganing hech
kimning xayoliga kelmaydi.
Ikkinchidan, odamlar
gumonlardan butunlay xalos
bo‘lishi uchun sen jahlingni
jilovlashni, uni hurmat qilishni,
yaxshi ko‘rishni, so‘zlariga quloq
solishni va sabr qilishni
o‘rganishing kerak bo‘ladi.
Shundagina qaynonangning
o‘limida hech kim sendan gumon
qilmaydi. Qiz barchasiga rozi
bo‘lib giyohni oladi va
qaynonasining taomiga qo‘shib
boradi. Bundan tashqari, u o‘zini
nazorat qilib, qaynonasining
so‘zlariga quloq solib, uni hurmat
qilishni boshlaydi. Kelinining
unga bo‘lgan munosabatini
ko‘rgan qaynona qizni butun
qalbi bilan yaxshi ko‘rib qoladi. U
qizni hammaga orzu qilish
mumkin bo‘lgan eng yaxshi kelin,
deya maqtab yuradi. Yarim yil
o‘tgach ularning munosabatlari
xuddi tug‘ishgan ona-boladek
bo‘lib ketadi. Oradan ma'lum
vaqt
o‘tib, qiz tabibning oldiga kelib,
iltimos bilan, Alloh uchun iltimos
qilaman, qaynonamni qutqaring.
Uni o‘ldirishni istamayman. U
eng
yaxshi qaynonaga aylandi. Men
uni yaxshi ko‘raman, debdi.
Tabib
esa, xavotir olma, senga zahar
emas, oddiy ziravorlar
bergandim. Zahar sening
kallangda edi. Nihoyat undan
xalos bo‘libsan, deya kulib
qo‘yibdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
§.GRUPPA.§ $_G-UNIT_$da.