Предыдущая публикация
Siz bu jangda qatnashgingiz yo'q,
Siz menga eng kerakli odam,
Men bilan hech gaplashgingiz yo'q.
Ta'qiblardan tolib qochasiz,
Men- mag'lub... siz-g'olib...qochasiz,
Siz baxtimni olib qochasiz,
Men bilan hech gaplashgingiz yo'q,
O'zim bilan o'zim olishdim,
O'z qonimga o'zim qorishdim,
Ko'rib turib kuyib yonishim.
Men bilan hech gaplashgingiz yo'q,
Ortga yo'l yo'q chekinay desam,
Qalbingiz berk bekinay desam,
Poyingizga to'kilay desam,
Men bilan hech dardlashgingiz yo'q.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев