Ög'il uydan chiqarkan
ona duo qildi: "Ilohim taning sog', martabang
ulug', boshing toshdan bölsin!" Shundog'am
ishga kechikayotgan ög'ilning biroz ensasi
qotgan bölsada, yuzaki xayr- ma'zur qilib
tashqariga chiqdi. Mashinasiga ötirib ishga ketdi. Har kuni shu holat qaytariladi. Ög'il bir firma
direktori. Yosh bölsada, topish- tutishi yaxshi.
"Sog'ligimdan ham nolimasam, -öylardi yigit,-
onam befoyda xavotir qiladilar". Ishdan keyin
ulfatchilik, maishat, qizlar... Besh yoshda otasiz
qolganida boshqa turmush qilmay, faqat uning uchun yashagan onasi esa yarim tungacha bedor,
ög'lini kutib ötirardi. Allamahalda uyiga kirib
kelgan ög'il onasinining bedorligini körib
asabiylashardi: "Uxlayversangiz bölmaydimi?
Mana, menda kalit bor. Özim kira olaman uyga!"
Ona hech narsa demaydi. "Onaning könglini tushunmaysanda",- hayolidan ötkazardi u. Ög'il
onasini yaxshi körardi. Onasi uchun hamma
sharoitni yaratib bergan, tez-tez dam olish
maqsadida sanatoriyalarga yuborib turardi.
Shunda ham uylanishga köp ham shoshilmas,
unga mana shunaqa hayot ma'qulroq edi. Ög'il onasi abadiy emas, bu dunyoda oddiy mehmon
ekanligini unutib qöygandi... Bir kuni tongda ona
odatdagidek ög'lini duo qildi: "Ilohim taning
sog', martabang ulug', boshing toshdan bölsin,
bolam" "28 yildan beri shu gap",- hayolidan
ötkazdi ög'il. "Xöp",- istamaygina jilmayib chiqib ketdi. Har kungi tashvishlar, kechqurun
rostoranga joy buyurtirilgan. Xullas, yarim kechasi
mast holda uyga kelgan ög'il onasining
xonasidagi chiroq odatdagidek yoniq ekanligini
kördi. Faqat endi uni hech kim kutib olmadi. Qon
bosimi kötarilgan ona ög'ilni kutib- kutib jon bergandi... Onasini dafn qilgachgina ög'il bu
dunyoda eng katta boyligini yöqotganini
tushundi. Biroq endi kech bölgandi. Vijdon
azobida qiynalib ichkilikka mukkasidan ketdi. Shu
asnoda jigar xastaligiga yöliqdi. Kamiga shu bir
oy ichida uning bu holatidan foydalanib yaqin odamlaridan biri tufayli firmasi kasodga uchradi.
Unga döstman deb yurganlar ortidan pichoq
sanchganida ög'il aslida bu dunyoda nimaga
erishgan bölsa bariga onasining duosi bilan
erishganligini tushunib yetdi. Ichib mashinasida
katta yöl böylab ketayotgan ög'il chorrahaga yaqinlashar ekan, tormoz ishlamayotganligini
sezdi. U qörqmasdi. Onasining kulib turgan
chehrasini köz oldiga keltirarkan, közidan bir
tomchi yosh yuziga yumalab tushdi. "Kechiring",-
pichirlardi yigit. U chorraha qarshisida katta
tezlikda ketayotgan mashina rulini qöyib yubordi va közlarini yumganicha, ovoz chiqarib onasi har
kuni aytadigan sözlarni qaytardi: "Ilohim taning
sog', martabang ulug', BOSHING TOSHDAN
BÖLSIN!"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1