Предыдущая публикация
ezadi, Armonlar orzuning
qasrin buzadi. Yuragim bir
senga zorlik sezadi, Men seni
judayam, juda sog‘indim.
Armondir dardimni
aytolmaganim, G‘ururni
yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir
qaytolmaganim — Men seni
judayam, juda sog‘indim.
Ko‘ngilning ming bitta zori
bo‘lsa ham, Imtihon
dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa
ham — Men seni judayam,
juda sog‘indim. Dardimni
aytmadim, tishladim tilni,
Hijrondan ming karra
g‘ashladim dilni, Topmadim
sen tomon boshlagan yo‘lni —
Men seni judayam, juda
sog‘indim. Yillarki izlayman
bosgan izingni, Ko‘zimda
ko‘raman qora ko‘zingni,
Qaniydi, bir bora ko‘rsam
o‘zingni, Men seni judayam,
juda sog‘indim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев