O'FF majlislar zalida O'zPFL klublari vakillari ishtirokida bo'lib o'tayotgan majlis chog'ida bir qator takliflar o'rtaga tashlandi. Xususan, majlis ishtirokchilari Oliy ligada ishtirok etayotgan klublar sonini oshirishni so'radilar. Ammo PFL rahbari Farhod Magometov bu taklifni rad etdi.
"2018 yilgacha bo'lgan rejalarimizda Oliy Liga ishtirokchilari sonini oshirish ko'zda tutilgan, lekin hozir bunga tayyor emasmiz. Klublar sonini oshirganimiz bilan, jamoalar ahvoli, holati bunga javob bermaydi. Masalan "Sho'rtan" va "Guliston" klublari 2013 yilgi mavsumni qiyinchilik bilan yakunladilar. Bunday "Guliston" Oliy Ligaga nimaga kerak?!.
Yoshlarga e'tibor berish kerak deymiz, biroq ba'zi klublar asosiy tarkibni-da yetarlicha ta'minlay olmayaptilar. Bunday sharoitda yana qanday gap bo'lishi mumkin? Oliy liga ishtirokchilari sonini oshirishga erta. Agar klublar tayyor bo'lsa, biz Liga ishtirokchilari sonini kerak bo'lsa 16ta emas, 20tagacha ham ko'paytiramiz. Ammo hozir buning imkoni yo'q", - deydi Farhod Magometov.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев