Предыдущая публикация
www.islom.uz www.quran.uz www.islam.uz www.info.islam.uz www.muslimaat.uz www.hadis.islom.uz www.halol.org #новости
www.ziyouz.com saytidan nusxa qilib ko'chiryapmiz.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 15
Umriz qisqa ekan afsus bilmadik,
Sizni o'zimizdek hurmat qilmadik,
Alloh Qabringizni nurga to'ldirsin.
Tug'ilmoq O'limga birinchi qadam,
Yodimga kelganizda yig'layman shu dam,
Berkitolmas ko'z yoshin hattoki dadam,
Alloh gunohlaringiz mag'firat qilsin.
Ayam to'ng'ichim deb parvona edi,
Shukurilloyim aqlli birdona derdi,
Yonida bo'lsangiz handona edi,
Alloh joyingizni jannatda qilsin.
Farzandga yetmasdan qabrga yetdiz,
Muzaffarni to'yini ko'rdiz-u ketdiz,
Jahongirni to'yini ko'rmasdan ketdiz,
Alloh joyingizni Jannatda qilsin.
Ayajonim yuragi endi g'amhona,
To'rtta singillariz hamon dili pora,
Javohir edi o'n besh yoshlik bola,
Alloh joyingizni Jannatda qilsin.
ROHIYM.
Hamdu sano Alloh
taologa bo'lsin.
Salotu salomlar Robbul
olamiynning habibi
Mugammad mustafoga
bo'lsin.
Ushbu she'rni men 1972-yilda dunyoga kelib, 2007 yilda omonatni Yaratgan Egamga qaytargan Usmonov Shukurulloga ba'g'ishlab yozdim. Alloh taolo mushkullarini onson, joylarini Jannatda qilsin. Meni akamni joylari Jannatda bo'lsin deb duo qilgan insonlarga Alloh taolo bu va u dunyoda mukofot bersin deb so'ngi nafasimgacha duo qilaman. Barcha o'tgan mo'min musulmon bandalaringni gunohlarini kechir Parvardigorim.
Va'da qilinganidek marhum akam(rahmatli)ni yozgan she'rini Inshaalloh taqdim etaman.
Dart berdi jonimni olmadi,
Jonim olgan kun bir soniya,
Diydorga to'ysam bas edi.
Ko'nglim, bag'rim to'q edi,
Kamchiligim yo'q edi,
Meni ko'rgan ag'yorlar,
Bahtligimga suq edi.
Oh qandayin davr ekan,
Yosh ekanman bilmabman,
Menga aziz odamlarni,
Oh qadriga yetmabman.
Tuman bosib ko'zim oldi,
Har tomonga yo'lga soldi,
Haq yo'ldan men chalindim,
Dart qoldi armon qoldi.
Endi bilmam qayga boray,
Qaysi toshga boshim uray,
Savollarga javobni,
Topolmadim so'ray-so'ray.
O'tganlarni rahmat qilsin,
Joylarini jannat qilsin,
O'z vaqtida diydorlashib,
O'z vaqtida mehnat qilsin,
Birgalashib rohat qilsin.
Kelarmi kelmasmi u men kutgan kun,
Bilmayman bedorman men-la bedor tun,
Yolg'iz deb mehmonga kelsa g'am alam,
Mezbondir ularga qog'oz va qalam.
Ko'zimizga keng ko'ringan bu dunyo tordir,
Barchamiz bir kuni orom olurmiz,
So'ngra qilgan amallarga javob berurmiz.
Ko'z yumilib ochilguncha payonga yetar,
Hudo kechir deya, gunoh ko'payib ketar,
Tavba qilamiz keyin qilaveramiz battar.
Bunday odamlarga JANNAT qilarmi nasb,
Ularni oxirati ketgandir sasib,
Bunday bo'lishdan asra YARATGANim, YAGONAm.
Biz gunohkorlarga ofiyat bergin,
Barcha o'tganlarga go'zal OXIRAT bergin,
Yaratguvchi ALLOHim, rizq berguvchi RAHMONim.