Men saytmizda "Erini o'ziga isitib olish uchun Folchiga borgan ayollar" maqolasini o'qib qoldim. Yani manabu maqola: Sen eringni o'zinga isitaman deb harom folchilarga bording- a? Iymondan ajralding-a? Allohning Rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a? Menga quloq solgin, senga halol sehrini o'rgatay. Ering, seni farzandlaringni boqaman deb, ko'chada ishlab, charchab uyga kelganida, ro'parasida kulib turgan, eri uchun go'zal kiyimlarni kiygan xushsurat, xushmuomila ayolini ko'rishni xoxlamaydimi? Sen esa bironta marosim bo'lsa, birovlar uchun go'zal kiyimlarni kiyib atir-upa bilan o'zinga oro berasanu, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganda esa, dog'langan, yog' xidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldizmi, deya ko'ngil surash o'rniga, kundalik g'alvalarini gapirasan. Shunday qilishni bilasanu, keyin folchi qidirib yurasan! Sen uning uchun pardozlanishing va unga go'zal muomala qilishing sehrning halolidir! Sen shunda Allohning rizoligini ham topasan!!! Kechirasizlaru hammani o'z fikri bor. Ayol kishi eriga pardozsiz ko'rinmasin deyishadi eri shu pardoz andozni olib bermasa keyim kechaka pul bermasa ayol kishi ko'chada o'zini sotib olmaydiku. Ollohim ayоl kishidan yog' hidi boshqa noxush hidlarni ketgazish uchun unga atir upa kerakku erkaklar shuni tushinishmaydi uyda ayol ro'zg'ordan ortmasa kun bo'yi kir yo'vsa bollarini o'qishga ishga yuborsa uy tozalasa ovqat qilsa u ham odam u ham charchaydi. Men shuni aytmoqchimanki Erkak kishi ko'chadagi qizlarga qaragandan ko'ra pulini choyhonaga sovurmasdan shu pulni uyga olib kelsin 1 kunlik choyhona puli 5-6 kunlik ovqat uyiga yetib ortadi. Ey Odamlar ayollarni ham tushining!!!Manba: www.Hazon.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1