Mors kisel kabi tayyorlanadi, faqat kartoshka uni qo’shilmaydi. Kisel yangi pishgan mevalar, ularning sharbatlari, sut, vino va boshqalardan tayyorlanadi. Suyuq va quyuq kisellar pishirish mumkin. Quyuq kisel ustini parda bog’lamasligi uchun ustiga yupqa qilib shaker (yoki qand uni) sepish tavsiya etiladi. Kisel odatda, sovugan holda iste’mol qilinadi. Quyuq kisel dasturxonga sut yoki qaymoq bilan tortiladi. Smorodina kiseli. Tozalangan va yuvilgan smorodina qoshiq bilan eziladi, dokadan o’tkaziladi va sharbati yopiq idishga solib qo’yiladi. To’poni ustiga qaynoq suv qu yib qaynatiladi, so’ng suziladi. Kraxmalni aralashtirish uchun ozgina (0,5 stakan) qaynatma sotiladi, qolganing ichiga shakar qo’shib, qaynog’iga yetkaziladi. So’ngra tayyorlangan kartoshka uni (kraxmal) aralashmasini quyib, qaynaguncha yog’och qoshiq bilan muntazam kovlab turiladi. Kisel qaynashi bilan olovdan olinadi. Sovutilgan tayyor kiselga oldindan tayyorlangan smorodina sharbati quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Meva nordon bo’lmasa, ta’bga ko’ra limon kislotasi qo’shiladi. 3 stakan suv uchun 1 satakan smorodina, 0,5 stakan shaker, o’rtacha quyuqlikdagi kisel uchun – 1 oshqoshiq kartoshka uni kerak bo’ladi. O’rik, olma, olxo’ri, olcha kabi yangi uzib olingan meva kisellari quyuq smorodina kjiseli kabi tayyotlanadi, faqat mevalar avval kam miqdordagi suvda ezilguncha qaynatiladi, so’ng suziladi. Meva sharbati yoki qizil vinodan tayyorlanadigan kisel ham huddi smorodina kiseli kabi pishiriladi, faqat smorodina o’rniga 2 stakan sharbat yoki vino ishlatiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5