uchun insonlar bir-birini dilini
osongina og'ritadi-yu,ammo
kechirishda esa ancha o'ylanib
qoladi?''Nima uchun besh kunlik
hayotimizni dil xiraliklarga
to'ldiramiz,o'tkinchi umrni dil
ozorlikka,xiyonat,yoki har xil
bekorchi gap-so'zlar bilan
to'ldiramiz?Ha,beayb
Parvardigor-Alhamdulilloh!Ammo
inson degan nomni Tangri bizga
bergan ekan ,nima uchun shu
nomni gohida oqlash esimizdan
chiqadi?Ba'zida keraksiz
narsalarga
''uzr''so'raymizu,ammo ota-
onamizdan ''Meni
kechiring''degan so'zni ayaymiz.Yo bo'lmasam begona
insonlardan,ayniqsa sengga ozor
bergan insonlardan hattoki
''kechirim''so'raymiz-u,ammo
bizni doim qadrlagan insonni
dilini og'ritib''kechirim''so'rashni unutamiz.Bu dunyoda har kim
o'zicha haq.BU haqiqat,ammo
insonni buguni bor-u ertasi
gumon.Oxirgi marta qachon
bergan ozorimiz uchun o'z
yaqinimizdan
''kechirim''so'raganmiz?
Eslolmaymiz....Bu ayni
muddao.Ammo bu dunyo oqar
suv kabi:bugun ko'rgan insoning
ertaga bo'masligi mumkin.Men
ham qaysidir ma'noda kechirim
so'rashim kerak bo'lgan
odamimdan vaqtida 'uzr''
so'ramaganim uchun
afsusdaman.Chunki u bugun
yonimda emas,Tangri
bag' rida.Ha ,to'g'ri,odamzot hech
qachon bilmaydi qachon
kelib,qachon ketishini,ammo
''kechirim''so
rash -uning kechi yo'q!
Aytmoqchi bo'lganim shuki,shu
qisqa berilgan umrimizni behuda
dil-ozorliklar bilan
to'ldirmaylik,chunki inson
g'animat,diydor g'animat,kim
biladi balki shu dil-xiralik
kimningdir quvonchdan qora
zulmatga g'arq
bo'lishiga,kimningdir bu
hayotdan erta so'nishiga
sababchi bo'lishi ham hech gap
emas!Har kimning vijdoniga
havola,albatta.Lekin hammamiz
omonat ekanligimizni unutmasak
bas!''Meni kechir''degan so'z
insonni cho'ktirmaydi,so'ymaydi
yoki o'ldirmaydi,aksincha ''mehr
paydo bo'ladi,o'zaro mehr-oqibat
paydo bo'ladi.Aslini olganda biz
hech kim emasmiz kimnidir
kechirish yoki
kechirmaslikka.Olloh guvoh,u
hammasini
ko'rguvchi,bilguvchi,faqatgina U
bizga hukm chiqarishi
mumkin,biz ham oddiy
bandamiz,shunday ekan birovga
ham ozor bermaylik,ham biror
hukm chiqarishga shoshilmaylik.
Shunchaki kechirimli bo'lishni
o'rganaylik,kechirimli
bo'laylik.Shunda hamma
dilxiraliklar yoq bo'ladi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2