liniyasining 39,5
kilometrida
elektrlashtirish ishlari
tugatildi
Navro‘z bayrami arafasida
Angren−Pop elektrlashtirilgan
temir yo‘l liniyasining 39,5
kilometrida elektrlashtirish
ishlari tugatildi, deb xabar
bermoqda “12news.uz”.
Foto: 12news.uz Ayni kunda ushbu ulkan
qurilishda bunyodkorlik ishlari
qizg‘in davom etayapti. 2014-
yil dekabr oyining so‘nggi
kunlarida mazkur qurilishning
Angren tomonida qariyib 40
kilometr masofada burg‘ulash,
portlatish, tuproq ishlari to‘liq
bajarilib, tunnelning g‘arbiy
portaligacha po‘lat izlar
yotqizilgan edi. Navro‘z
bayrami arafasida esa,
umumiy uzunligi 39,5
kilometrni tashkil etuvchi
Angrendan tunnelning g‘arbiy
portaligacha bo‘lgan
masofada elektrlashtirish
ishlari yakunlandi.
Angrendan tunnelning g‘arbiy
portaligacha bo‘lgan hududda
1174 ta temir hamda temir
beton ustunlari, 1058 ta
konsol o‘rnatildi va 71 ta temir
panjarali bo‘ylamalar montaj
qilindi.
Angren−Pop elektrlashtirilgan
temir yo‘l liniyasini
elektrlashtirish ishlari Pop
stansiyasidan tunnelning
sharqiy portaligacha bo‘lgan
masofasida ham jadal sur’atlar
bilan olib borilayapti. Ushbu
hududda bugungi kungacha
1230 ta temir beton ustunlari,
403 ta konsollar o‘rnatilib, 39
ta temir panjarali bo‘ylamalar
montaj qilindi.
Podrobno.uz Дмитрий Губерниев принес официальные извинения всему Узбекистану
...Anons.uz Ислам Каримов поздравил узбекистанцев с Новым годом
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев