Yetimlar negadir ko'payib qoldi. Gunohlar hammada ko'payib qoldi. Xayotmas bariga sabab o'zimiz. Ko'rib ko'rmayapti ahir ko'zimiz. Savob ham qilinar o'ylab o'ylanib. Turmush ham qurilar pulga ishonib. Bugun qolayapmiz yolg'iz o'ylanib. Xayotmas bariga sabab o'zimiz. Ko'rib ko'rmayapti ahir ko'zimiz. Kasallar holidan xabar olmaymiz. Pul yig'ib xayotda sira tolmaymiz. O'tganlar o'tmoqda biz ham qolmaymiz. Xayotmas bariga sabab o'zimiz. Ko'rib ko'rmayapti ahir ko'zimiz. Yigitu qizlarda uyat qolmadi. Buni aytaverib Sherlar tolmadi. Aytinglar shoirlar nima qolmadi. Xayotmas bariga sabab o'zimiz. Ko'rib ko'rmayapti ahir ko'zimiz. Birovni ranjitar aytgan so'zimiz. Ko'zni qamashtirar qilgan ishimiz. Gunohkor bariga afsus o'zimiz. Xayotmas bariga sabab o'zimiz. Ko'rib ko'rmayapti ahir ko'zimiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев