Предыдущая публикация
Balki buyuk bo'lgandir nasling,
Tuproq bo'lar, bilsang o'z asling,
KIMLIGINGNI UNUTMA DO'STIM!
Chumolini o'tkaz yo'lingda,
Tashla osmon bo'lsa qo'lingda, Doim OLLOH bo'lsin dilingda,
KIMLIGINGNI UNUTMA DO'STIM!
Boylikni deb umr o'tkazma,
Bir lahzani zoe ketkazma,
Sen hech kimga ziyon yetkazma,
KIMLIGINGNI UNUTMA DO'STIM! O'tmishingni esla, fikr qil,
Zamonlar tinch, shunga shukr qil,
Shaytonga qul bo'lmagin, qul qil!
KIMLIGINGNI UNUTMA DO'STIM!
Boymi gado ketar bir joyga,
Oxir borib yetar bir joyga, Qo'ling yetmas, uzatma oyga,
KIMLIGINGNI UNUTMA DO'STIM!
Kerilmagin, kerilma aslo,
Xar narsaga Qodir bir Xudo,
Bor yo'g'ingdan qilmasdan judo,
KIMLIGINGNI UNUTMA DO'STIM!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев