Yoring yiroqda,
O`rtanadi joning firoqda,
Tugab borar bardosh —
saboting,
Uchay desang, yo`qdir qanoting.
Sevar yoring vasliga mushtoq
Kechalaring o`tadi uyg`oq...
Ammo g`amdan boshingni
bukma,
Shahlo ko`zdan yoshingni
to`kma.
Dilbar, buni firoq dema hech,
Yorim mendan yiroq dema hech.
Chunki oro kirib joningga,
Bag`ring bir kun kelar yoningga.
Seni nohaq
Ranjitdi yoring,
Yo o`zgadan rashk etdi yoring.
Nolishingga quloq solmadi,
Izhoringdan ko`ngli qonmadi.
Ketdi boqmay hatto qayrilib...
Sen buni ham dema ayriliq.
Dil o`rtama, yig`lama aslo.
Sen bu hijron zulmati aro
Pok sevgingni aylagin chiroq, —
Visol bilan almashur firoq.
Sen sevasan,
Sevmaydi yoring,
Yor ko`ngliga yetmaydi zoring.
Sevganingni yoki bilmaydi,
Yo bilsa ham ko`zga ilmaydi.
Ayriliqda yonasan biroq —
Sen buni ham atama firoq.
Chunki sevging bo`lsa agar chin
Hijronlarni qilar chilparchin.
Ishon faqat, hech tolmay ishon,
Ishon bo`lsa chekinar hijron...
Yoring bo`lsa
Yoningda doim,
Yoring bo`lsa — ko`rkam,
muloyim,
Har oningni kechirsang birga,
Birga bo`lsang butun umrga,
Hayot qurib ulab jonga jon,
Yashasang-u yillar yonma-yon
—
Ammo bo`lsa ko`ngillar yiroq,
Dunyoda yo`q bundan zo`r
firoq.
Bu firoqqa sira yo`q davo,
Bu firoqqa yo`liqma aslo!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев