Предыдущая публикация
bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Ko`zoynak ostidan boqdi.
Payqadim.
Quvdi yolg`iz o`shal
hamxonamni u.
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo`ynimga o`ralib oldi:
Meni sev!..
Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim.
Po`stin gilam qilib mehrobga
qoqdim.
Ko`zimni chirt yumib,
Kechalari jim
Men uni o`pganda –
U meni chaqdi.
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri so`nguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim
shuncha.
Shuncha eslayverdim
kapalagimni!..
O`tmishni unutdim bir tushda
go`yo,
O`shal chimzordagi koshonamni
ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni
ham.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев