Muhabbat .... ! Bor ekanu,yo'q
ekan,
Qadim, qadim zamonda, Foniy
dunyo tomonda, Go'zal tuyg'u
bor
ekan. Barcha inson ko'nglida
O'shal
tuyg'u yasharkan Yuraklar bir
bog'
kabi, Go'zallikdan yashnarkan
Yetti
osmon ishvasin, Bog'i eram
mevasin, Tatib lazzat olarkan,
Davru
davron surarkan, Inson umri nur
to'la, Ertak kabi o'tarkan, Shirin
o'yga ko'milib Tuyg'ular ju'sh
urarkan. Yuraklar qanot yozib,
Otashdek porlab yonib, Rohatga
to'ymas ekan, So'ngisi kelmas
ekan.
Sevishganlar gulmisol, Barpo
etib
ko'rkamlik' Chehralari nurvisol
Bahtli hayot kecharkan.
Kecha,kunduz,oy,yillar O'tib asta
oradan, Noshukurlik kelibdi,
Insonga dust bulibdi.
Rashk,gumon,fitna,bo'hton
Qo'shilib
o'shal zamon, To'lib ,toshib
ketibdi,
Misoli qora ummon. Osmonni
bulut
bosib, Quyosh nurlarin to'sib,
Yuraklarda behislik, Qora zamon
kelibdi. Ko'ngillar toshday qotib,
Ishqin bo'htonga sotib, Sevgilar
hor
bulibdi, Nurlar so'nib qolibdi. Bir
panada berkinib Durday
ko'zyoshin
to'kib, Sevgi yig'lab turarkan,
Insonlarga aytarkan: "Ayting
nedir
gunohim?, Tuyg'uingiz panohim,
Yuraklarni bog'layin, Yordam
bergin Allohim." Bir inson
shunda
unga: Kunim almashib tunga,
Zahmatlar chekib doim, Aylanib
qoldim qulga. Seni deb yonib
yashab, Hayotimdan kechdim
men,
Barcha yumushim tashlab,
Majnun
misol buldim men. Ne topdim
ayt
o'rniga?? G'am alam,ham
nadomad,
Chekganim bir dard bo'ldi,
Ko'rsatmading karomat. Doim
yurakda g'ashlik, "Sevgilim
qayda
ekan?, Hozir kim bilan"degan?,
Hayolimda bir tashvish. Bas
charchadim bu darddan,
Kechdim
men bunday bahtdan, Ko'zimdan
yuqol" debti G'azablanib
alamdan.
Sevgi ko'z yoshin artib, Yana
tilga
kiribdi, Hursinib asta sekin,
Ushal
insonga debti: "Men misoli
guldirman, Ikkingiz ham
keraksiz,
Biringiz suv bulsangiz,
Ikkinchingiz
nurdeksiz... Nur bo'lmasa
yaprog'im, Jonsiz so'lib qoladi
....
Suv bo'lmasa ildizim, Tolib qurib
qoladi... Bir biringizdan gumon,
Ildizimda qurt kabi Gumonli
bo'lsa
sevgi Yurakda ishq o'ladi.
Seving,
haydamang meni, Men
jannatdan
kelganman, Yuragingiz nur qilib
Saodatga chorlayman. Faqat
inson
kar kabi, Unga parvo qilmabdi,
Sevgi suzin tinglamay,
Yuragidan
haydabti. Horu zorlikga qolib,
Tugunin orqa solib, Keta turib
insonga, Sevgi shunday
su'zlabdi:
"Toshday qotdi ko'nglingiz,
Qonga
to'lib ko'zingiz, Gumon,bo'hton
bir
bo'ldi, Horlik topdi sevgingiz..
Bir
kun kelib insonlar, Meni suvday
istarlar, Yolvorib kecha kunduz,
Allohimdan so'rarlar.. Barcha ko'
ngil topganda, Noshukirlik
qildingiz,
Tanlangan yuraklarga, Kelar
endi
sevgingiz. Shul so'zlarni aytib u,
Behos g'oyib bulibdi. Inson
hayron
bulmasdan Yo'lin davom etibdi..
Ko'p zamonlar o'tibdi, Inson
sh'erlar
to'qibdi, Sevgi haqida hatto
Hikoyalar bitibdi.. Lek sevgi endi
faqat , Tangrim so'zin
tinglarmish,
Gar buyursa unga Haq
Yuraklarga
kirarmish... Tangridan
so'rang,zero
Yuragingiz yorishsin, Ruhingiz
porlab tanho Saodatga
erishsin...
Kumushbibi qullari , Tebratmadi
qalamni, Balki uning yuragi,
Kuyladi
shul qissani... Allohdan
so'rasangiz U
albatta beradi Shubhasiz gar
sevsangiz Sevgi albat keladi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев