U do‘stlarining yotoqxonasida polda yotib, qornini to‘ydirish uchun kola ichimligidan bo‘shagan idishlarni 5 sent evaziga yig‘ib sotgan insondan sifati va innovatsiyalari bilan barchani lol qoldiruvchi gigant kompaniyalar asoschisiga aylana oldi. Quyida Stiv Jobs e’tirof etgan muvafaqiytga erishishning 12 qoidasini e’tiborinigizga havola etmoqchimiz.
1. Sevimli ishing bilan shug‘ullan. Haqqoniy Harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yo‘li, bu — sevimli ish bilan shug‘ullanish.
2. Boshqacha bo‘l. Boshqacha o‘yla. Harbiy matros bo‘lgandan ko‘ra, qaroqchi bo‘lgan afzal.
3. Qodir bo‘lganingdan ko‘ra yaxshiroq qil. Har qanday ishda imkoningdagidek muvaffaqiyatga erishishing mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan roxatlan. Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishla.
4. SWOT-tashxis o‘tkaz. Yangi kompaniyang paydo bo‘lsa, oddiy qog‘ozga uning kuchli va kuchsiz taraflarini yozib chiq. Kompaniyadan chirigan olmalarni chiqarib tashlashdan qo‘rqma.
5. Qarorlarni tezda qabul qil. Har safar yangi katta maqsadlarga intil. Tez va hal qiluvchi harakatlarni talab qiluvchi g‘oyalar yig‘indisini top va ushbu oynaga sakra. Eng qiyini — birinchi qadamni tashlash. Sunchaki birinchi qadamni tashla. Hissiyotlaring va yuragingni shunga majbur qil.
6. Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil. Bir vaqtda ko‘pgina ishlar bilan shug‘ullanma. Boshida oddiy
ko‘p bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullan. Bosqichma-bosqich qiyinlariga o‘tib bor.
Doimo kelajak haqida o‘yla.
7. Bozorda lider bo‘lishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng so‘ngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida bo‘lsin. Agar eng so‘ngi versiyadagi texnologiya bo‘lsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi bo‘lib foydalan.
8. Natijalarga erishishga diqqatingni qarat, chunki ko‘pgina odamlar sening ishingning natijasiga qarab baho berishadi. Sifat namunasi bo‘l. Bir qancha odamlar ish borish jarayonini ko‘rishni xoHlashmaydi, balki ishchilardan natijani kutishadi. Shuning uchun raqobatbardosh yutuqlaringni reklama qil. Ko‘pchilik inson bu xususiyatlarni bilmasa, maHsulotingni sotib olmaydi. Asosiy diqqatingni dizaynga qarat.
9. Har-hil manbalar bilan ikki tomonlama aloqa o‘rnatishga harakat qil. Har bir inson senga nimadir foydali narsani aytishi mumkin. Birinchi navbatda, kim sening maxsulotingdan foydalansa, o‘shaning fikrini eshit.
10. Yangilik kirit. Aynan liderlar tashabbuskorligi bilan boshqalardan farq qilishadi. 50% vaqtingi yangi narsalar qilishga sarfla, qolgan 50% ni boshqa raxbarlar uchun qoldir. Vaqtingni ko‘p sarflab qo‘ymaslik uchun minglab go‘yalarga «yo‘q» deyishni o‘rgan. Haqiqiy muhim g‘oyalarga diqqatingni qarat. Bu dunyoda yaxshi narsalarni yaratishga Harakat qiluvchi insonlarni ishga ol. Innovatsion maHsulotlar yaratishga asoslangan korporativ madaniyatni Hosil qil. Ko‘pgina kompaniyalarda ko‘plab ajoyib injenerlar va aqlli odamlar ishlashadi, lekin ularni birlashtiruvchi kuch kerak bo‘ladi.
11. Xatolaringdan saboq chiqar. Ba’zida yangilik kiritib, xato qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni tan ol. Agar ushbu yangiliging boshi berk ko‘chaga borib qolsa, kuchingni boshqa innovatsiyalarni yaxshilashga yo‘naltir.
12. Muntazam o‘rgan. Har doim bilish kerak bo‘lgan yana «bir narsa» bo‘ladi. Kompaniyangdan tashqaridagi boshqa odamlar bilan g‘oyalaring bilan fikrlashib tur. Xaridorlaring, raqobatchilaring va Hamkorlaringdan o‘rgan. Agar hamkoring odamlar bo‘lsa, ularni yomon ko‘rsang, yaxshi ko‘rishni o‘rgan. Ularni maqta va bundan foyda chiqar. Dushmanlaringni ochiq, ammo halol tanqid qilishni o‘rgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1