Chimildiqsiz tunda oyham hayron bo’ldi,
Bitta g’uncha ochilmasdan xazon bo’ldi,
Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan qiz....
Gunohingni ko’z yoshlaring yuvmas endi,
Havas qilgan yigitlar ham quvmas endi,
Afsus senga hechkim sovchi qo’ymas endi,
Gulyoshida o’z- o’zini tiymagan qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan qiz....
Karnay- surnay chalinmasdan o’yin qoldi,
Yor-yor degan hayajonli kuying qoldi,
Bahorlarda belgilangan to’ying qoldi,
Gul yoshida o’z-o’zini tiymagan qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan qiz...
Oh ursang ham Ollohga yetmas endi,
Ming ta’zim qilsang ham otang kechirmas endi,
Hech kim seni nazariga ilmas endi,
Gul yoshida o’z-o’zini tiymagan qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan qiz....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев