Ular birga o'sgan edilar. Bir birlariga shunchalar o'rganib qolgan edilarki, xuddi bir tanu bir jon kabi. Biroq Ko'p yillik do'stlik sevgiga aylanib ketganini tan olgisi kelmas edi. Kunlarning birida, LAYLO NODIRga qo'ngiroq qildi va aytadigan gapi borligini aytdi, faqat yolg'iz 2 sidan boshqa hech kim bo'lmasligi kerakligini iltimos qildi. Ko'rishdilar. LAYLO NODIRga:
Meni turmushga berishmoqchi deb aytdi. Nodir turgan joyida qotib qoldi. O'zi uchun qadrli bo'lgan insonini yo'qotib qo'yganday edi go'yo. Uzoq sukunatdan so'ng Nodir, kimga deb so'radi. Holavachamni o'g'liga deb javob berdi Laylo. Nodir esankirab qolgan edi. Aynan o'sha onda Layloga bo'lgan munosabati do'stlik emas, muhabbat ekanini tushundi. Qalbining tubida kurtak ochib ulgurgan sevgi, tilga chiqmoqchi bo'ldi, biroq Layloga buni ayta olmadi. Sevgisini oshkor qilishga qo'rqqan Nodirni tilidan Laylo, baxtli bo'l degan so'zni eshitdi. Laylo xech narsa deya olmadi. U bilar edi, xech qachon uning yuziga tik boqib, shunday qolavesasizmi? naxot meni yoqotayotganingizni tushunmayapsiz? meni sizga keragim yo'qmi deb ayta olmas edi, uning ustiga, Nodirni sevishini ham bilmas edi. Laylo taqdirga tan beldi. Nodirni oldidan ketar ekan, ortga bir marta boqib, "Kechiring" deb aytdi. Shu shu ular umuman korishmay qo'ydilar. Oradan 1 oy o'tib, layloni to'yi bo'ldi. Nodir, Layloni to'yi bo'layotganiga chiday olmay, doim birga tomosha qiladigan buloq oldidaga borib, ich ichidan faryod qilar edi. "Sensiz endi qanday yashayman?" deb ox chekardi. Shu payt, Nodirni ko'zi, toshlar orasidagi dasro'molchaga tushdi. Uni olib ichini ochganida, dasro'molcha ichida xat bor edi. Unda NODIR AKA, MENI KECHIRING! MEN SIZNI JONIMDAN ORTIQ SEVAR EDIM. MEN SIZNI SHU BUGUNGI KUNGACHA KUTDIM, AMMO UMIDLARIM SAROB BO'LDI. MEN SIZDAN AYRILDIM, SIZ MENDAN "KECHIRING MENI" deb yozilgan edi. Nodir nima qilarini laylo bilan uchrashgan o'sha kunda xam bilmas edi, xozir ham bilmadi! Faqat shuni bilardiki undan ayrilgan edi ...
SanatUz.com sayti sizlarga xizmat ko'rsatishni boshlaydi yosh ijodkorlarni ijodiy hamkorlikga taklif etamiz!
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев