Kuyib õtgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash'or tõqisin
Mendan norozilar fikridan qaytsin.
Õlsam janozamni bulbul õqisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga.
Salovatlar aytsin bor kuchin tŏplab,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.
Ŏlsam janozamni bulbul õqisin.
Uluĝ tanim muz bilan yuving,
Toki kafanlarim kuyib ketmasin.
Yuvgach yuragimga parcha muz qŏying
Boray huzuriga ozgina sovib.
Õlsam kafanimni bulutdan qiling
Yomĝirga aylansam yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling.
Gunohkor bandaga tor gõr jabrda.
Ŏlsam chinor eking qabrim boshiga.
Toki soyasida tilovat õqing
Chõmilib yashadim kõzim yoshiga,
Yiĝlamang siz faqat salovat õqing.
Õlsam oyoq tomon õng tomonimga,
Tõrt kishi siĝarlik kursi yasating.
Soĝinib ķelsangiz Ixlosni õqing,
Qabrimni gul emas Qur'on bezasin.
Õlim haq ekanin olasizda tan,
Quvonay keldi deb õĝil qizlarim.
Õlsam kelib turing biling kutaman
Chunki siz deb õtdim õzimdan kechib.
Yõqlamay qŏysangiz zardob yutaman
Yotaman gõrda ham kõz yoshim ichib.
Õlsam faxr bõling mehribon bõling.
Imkonin topsangiz tõlang qarzimni.
Duosin oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga sabrimni...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1