Kuyib o‘tgan umrim sharhini
aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan
qaytsin.
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin
Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor
kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.
O‘lsam, olov tanim muz bilan
yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz
qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.
O‘lsam, kafanimni bulutdan
qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam
qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq
oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r
jabrda…
O‘lsam, chinor eking qabrim
boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim
yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat
o‘qing.
Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim,
yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im
kiyib.
O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng
tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on
bezasin.
O‘ng tarafdan keling, oyoq
tarafdan,
Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim,
O‘lsam yo‘qlab turing. Biling,
kutaman,
Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan
kechib,
Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob
yutaman,
Yotaman go‘rda ham ko‘z
yoshim ichib,
O‘lsam, umrim sharhin
yaqinlarimga,
Yashirmay, o‘chirmay borini
so‘zlang.
Intiq kutganimni ularni hamda,
Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini
so‘zlang.
O‘lsam, she’rlarimni avaylab
asrang,
Imkonin topib topshiring elga.
Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib,
O‘tar yozganlarim qo‘llardan
qo‘lga.
O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon
bo‘ling,
Imkonin topsangiz to‘lang
qarzimni,
Duosini oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga
sabrimni.
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев