Bitta boyga ön kambag'al, tög'ri
kelsa.
Hatto nochor yetimni ham, ög'ri
ursa.
Muminlar ham kim özarga uylar
qursa.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Muslimalar boylik uchun,
kofirlarga sotilsa.
Farzand öz padariga, mushtin
kötarsa.
Qaynota kelini tomon, fahshli
yötalsa.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Köchalarni beorlar, bosdi bir
qarang.
Muslimaman deydiyu, shim
kiyar tarang.
Kiyimli yalang'ochlar, nima deb
sörang.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Nomahramlar benikoh, oila
qurub yursalar.
Qarindoshlar ham hatto, zino
qilib tursalar.
Muminlar xotiniga, tor kiyim
obersalar.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Otalar farzandlarin, ibodatdan
tössalar.
Onalar zörlab qizin , xijobini
yechsalar.
Qarindoshlar bir biridan, bir
umrga
kechsalar.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Muminlar uylarini uch qavatlab
solsalar.
Nochor qöshni holidan, xabar
olmay
yursalar.
Lek hajga umralarga, besh
martalab
borsalar.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Islom ahli amaldorin, gunohi
köp sochidan.
Riboxörlar chiqmoqda, ahli
Islom ichidan.
Poraxörlar hoji böldi, hatto
pulning
kuchidan.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Ayollarda xijob, moda uchun
boylansa.
Masjidda imomlikka pora, berib
saylansa.
Harom pulga mumin, hojilikka
shaylansa.
Qiyomatdan dalolatdur,
qiyomatdan.
Imomlik mansabiga, pora bilan
chiqsalar.
Masjidda imonlar ham, pulga
xatm qilsalar.
Islomiy amaldorlar, qimmat
moshin
minsalar.
Qiyomatdan dalolatdur,
Qiyomatdan.
MUSLIM ijodidan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1