bo‘lganini
isbotlovchi dalillar
oldi
NASA aerokosmik
agentligi “Curiosity”
marsyurari yuborgan
ma‘lumotga asoslanib
qizil sayyorada bir
vaqtlar hayot bo‘lganini
taxmin qilmoqda.
Agentlik seshanba kuni
yetti oy avval Mars
sathiga qo‘ngan
“Curiosity” apparatining
to‘rtinchi sayyoradagi
tosh tarkibi analizlarini
ochiqladi.
Marsyurar yuborgan
analizlarda sayyorada bir
vaqtlar hayot bo‘lganiga
ishora etuvchi suv
qoldiqlari, loy, sulfatlar
va boshqa minerallar
topilgan.
NASAga ko‘ra, "Curiosity"
may oyida Geyl
krateridagi yana bir
toshni teshib, uning
takibini organik
birikmalarga tekshiradi.
Bundan oldin NASAning
Mars sayyorasiga
yuborilgan
"Opportunity" va "Spirit"
marsyurarlari ham qizil
sayyorada bir vaqtlar suv
bo‘lganini isbotlovchi
dalillar to‘plagan edi.
Biroq NASA olimlari
Marsdagi suv me‘yoridan
oshiqcha kislotali
bo‘lgani va unda hayot
bo‘lmaganini taxmin
qilishgan edi.
Мавзудош мақолалар
"Yosh to‘lqin" yoshlar
sahifasi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1