Umri qisqa ekan, norasidam nobud bo’ldi. Keyingi farzandimni tug’ilishini kutayotganimda avvalgi kamchiliklarni to’g’rilay boshladim. Lekin doktorlar yana o’sha tashhisni qo’yishdi. Ko’zimga dunyo qorong’u bo’lib ketdi. Yana o’sha jarroxlik stoliga yotishga majbur bo’ldim. Kimdan yordam so’rashni bilmayman. Faqat hamshiralarga yalinaman:â€�Iltimos, farzandim tug’ilsa, uni menga bir ko’rsatsangiz, badanlariga bir qo’limni tekkizib ko’rsam. Men ham onalik baxtini his qilsamâ€�. Jasadim tortayotgan azobdan ingrarkanman,o’zimni butunlay Allohning panohiga topshirdim. Yodimga kelgan duolarni takrorlay-takrorlay hushimni yo’qotdim. Koz’imni ochganimda ikkinchi o’g’limdan ham ayrilganimni bildim. Lekin qalbimni o’zgacha bir ixlos egallagan, hozirgina farzand dog’iga duchor bo’lgan bo’lsamda, taqdirga tan berib, noumid bo’lmaslikka harakat qilardim. O’rinda bemajol yotar ekanman, Allohga tinimsiz duolar qilar, ko’z yoshlarim esa yuzimni yuvardi.
Oradan yillar o’tdi. Endi kasalim haqida bosh qotirmasdan, faqat Allohga bog’landim. Vujudimda yana bir tirik jon paydi bo’layotganini bilib, ham umid, ham qo’rquv bilan doktorga bordim. “Alhamdulillahâ€� deyman, ko’z yoshlarim esa tinmaydi.
Homilamning oy – kuni to’lgach, yana operatsiya xonasiga kirarkanman,â€�koz’imni ochganimda bolam yonimda bo’lsin, iltimos…â€� deya doktorlarga yalinaman. Narkoz ta’sirida yotarkanman, familiyamni chaqirishganini eshitdim. “Koz’inggizni oching, o’g’illi bo’lsingiz,naqd 4kiloyu 200 grammâ€�. Ich-ichimdan chiqqan “Alhamdulillahâ€� degan so’zni hamma eshitdimi, bila olmadim.
Ko’zimni ochganimda men umid qilgan, men so’ragan, doktorlarni ham hayratga slogan, Alloh bergan sog’lom farzandim yotardi…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев