Omad kelsa hamma mexrin sochuchi,
Yo'llaringni kutishlar to'p to'p ekan.
Gar yiqilsang har tarafga qochuchi,
Do'st niqobli ganimlar ham ko'p ekan.
Anglolmaysan yahshisini yomondan,
Bilmaysan nish urar qaysi timondan.
Hatto ayyor anov " qoshi kamon " dan.
Do'st niqobli ganimlar ham ko'p ekan.
Do'st tutungay hatto itga non bersang,
Do'st tutungay hatto qushga don bersang.
Do'st bo'lolmas ular hatto jon bersang,
Do'st niqobli ganimlar ham ko'p ekan.
Ne naf endi bu gamlardan siqilmoq,
Shum taqdir bu ne desa ham " hop " ekan.
Bilmoq uchun shart ekan bir yiqilmoq,
Do'st niqobli ganimlar ham ko'p ekan.
Yahshi do'stlar gamga qo'ymas do'stlarin,
Kulib turib ko'zin o'ymas do'stlarin,
Unutnang siz Navzod Hamro so'zlarin,
Do'st niqobli ganimlar ham ko'p ekan.
Navzod Hamro
@Navzod_Hamro 👈 telegram kanal😊
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев