kimlar, so'lishimni
sog'indi kimlar.
Yonishimni kutganlar
xam bor, sinishimni
sog'indi kimlar...
Do'stingman deb chog'
qazdilar oh, - men u
chog'ga sig'madim
biroq.
Goho ayol makriga
uchdim, goh
ko'ngilning og'usin
ichdim...
Do'sti jonim, jondan
azizsan, oqibatning
zanjirin tuz san.
Yuragimga ursalar
xanjar, yonimda tur
qiyomatgacha.
Egik boshim sog'indi
kimlar, ko'zda yoshim
sog'indi kimlar.
O'lishimni kutganlar
xam bor, tinishimni
sog'indi kimlar.
Ingrayverar ichimda
yurak, yig'layverar ne
qilmok kerak.
Akam-ukam
karindoshdan goh,
begonalar keladi
mardroq.
O, sevgilim
hiyonatlaring, qalbim
yirtar jinoyatlaring,
Eh, zerikdim
yolg'onlardan man,
charchab ketdim
yomonlardan, man...
Yurak og'rir mozorim
imlar, o'lsam ko'zim
bosganda qumlar,
Sevishimni
kutganlaram bor,
sovishimni sog'indi
kimlar.
Foniy dunyo xavasidan
kech, yolg'onlarning
hammasidan kech.
Pul, ayollar
ko'ngilhushliklar,
tiriklayin go'ringga
tiqar.
Erkakman deb ko'krak
kerganlar, qilmishlari
ayoldan battar...
Pok nomimni qorib
g'iybatga, savlatimni
ko'rolmadilar.
Xayot, otam bag'rini
yashnat, onajonim
ko'zyoshlarin art.
Iflos, dushman
xasadchilardan, qashon
butkul qutulaman ayt.
Oldindadir xali chin-
xazil, oldindadir hali
yo'l-manzil.
Aytishimni kutganlar
xam bor, qaytishimni
sog'indi kimlar...
G'amlar ko'rsa murgak
yelkamda, ota-onam
siqiladida.
Ba'zilarga o'hshab
sotilib, kechmaganman
ona Vatandan...
Buxorodan ketib
Toshkentga, naf teksin
deb ona elimga,
Ahad Qayum ijod
yo'lida, yaxshi niyat
tukkan diliga,
O'lishimni kutganlaram
bor, tinishimni sog'indi
kimlar,
So'nishimni sog'indi
kimlar, sinishimni
sog'indi kimlar...
Navoiyning
koshonasidan, Umar
Xayyom
mayxonasidan,
Xofiz elim taronasidan,
muhabbatning
gulxonasidan,
Ijodxona
koshonasidan,
adabiyot ostonasidan,
Ketishimni
kutganlaram bor,
kelishimni sog'indi
kimlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев