o'limni.
Chopkin quyosh oy tomonga
cho'zgan qo'limni.
Osmon senga topshiraman
jonsiz ruhimni.
Ne qilgayman yorsizlikda
qolgan umrimni.
Nursiz qolgan ko'zlarimni
kipriklar to'ssin.
Qabrim uzra yorim suygan
chechaklar o'ssin.
Kim-ki sevib yor vasliga
yetolmay qolsa,
U dunyodan umid bog'lab
olamdan o'tsin.
Ketmoqdaman yulduzlarga
berib ko'nglimni.
Har oqshomda sevgilimning
tushay yodiga.
Shu holatda oshiq kabi tutsam
o'zimni.
Aylanaman majnunning baxtsiz
avlodiga.
-----------------------------------
Sizga nimam yoqmadi?
Ko'zlaringiz xoxladi-yu
yuragingiz boqmadi.
Kentik joyim ne edi.
Takrorlangan so'roqlar
Oxir boshimni yedi.
Xuddi sichqon misoli
Kemirmoqda ichimni
Nafrat degan bir tuyg'u
Uni chorlagan qayg'u.
O'z xatomni umrbod
Anglolmasdan ketaman.
Orzularga bir faqat
Tushlarimda yetaman.
Tush ham qilsa xiyonat
Dardlarimga cho'kaman.
Ko'zlarimdan yosh emas
Qip-qizil qon to'kaman.
Taqdirimni oldindan
Ma'lum qildi qismatim.
Ovozimni o'zimdan
Boshqa eshitmaydi hech kim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев