Bugungi qahramonimiz
jamoamizdagi 2 raqam sohibi,
Kataloniyani ko'z yoshlarga
qoldirgan, bugungi OAVlarining
nigohidagi bo'ydor "mitti yulduz"
- Rafael Varandir.
Shaxsiy ma'lumot.
To'liq ismi: Raphael Varane
Tavallud sanasi: 25-aprel, 1993
(19 yoshda)
Tavvalud joyi: Lil, Fransiya.
Bo'yi - 191 sm.
Ampulasi - himoyachi.
Joriy klub - Real Madrid.
Raqami - 2.
Rafael Varan (frans. Raphaël
Varane; 25-aprel 1993, Lil,
Fransiya) — fransiyalik futbolchi,
Ispaniyaning "Real Madrid"
jamoasi o'yinchisi. Markaziy
himoya chizig'ida o'ynaydi, lekin
u erkin himoyachi vatayanch
yarim himoyachi chizig'ida ham
o'ynay oladi. Fransiyaning yoshlar
terma jamoasi safida to'p suradi.
2010-yil 6-noyabrda "Lans"ning
asosiy jamoasiga "Monpelye"
jamoasiga qarshi o'yinga
chaqirildi. U hafta davomida
jamoa bilan birgalikda
mashg'ulot olib bordi va asosiy
tarkibdagi markaziy himoyachi
Allaydin Yaxya jarohat olganligi
sababli Varan asosiy tarkibda
maydonga tushdi. U o'sha
o'yinda 90 daqiqa harakat qildi
va jamoasi 2:0 hisobida g'alaba
qozondi. Keyingi ikki "Marsel" va
"Lil" bilan bo'lgan uchrashuvlarda
Varan boshqa yosh o'yinchilar
qatorida zahira o'rindig'ida
o'tirishga majbur bo'ldi.
"Real Madrid" tarkibida uchta
yarim himoyachi bilan shartnoma
imzolagandan so'ng, "Real
Madrid" himoya chizig'ini ham
kuchaytirish uchun yosh fransuz
Rafael Varan bilan shartnoma
imzoladi. 2011-yil 27-iyunda
Varan „Real" bilan 6-yillik
shartnoma imzoladi. 2011/12
mavsum Varan Ispaniya
chempionatidagi debyutini
"Rasing"ga qarshi kechgan
o'yinda nishonladi. U 90 daqiqa
harakat qildi va o'yin 0:0
hisobida tugadi. Keyingi "Rayo
Valekano" bilan bo'lgan o'yinda
ham Varan asosiy tarkibda
maydonga tushib, 90 daqiqa
harakat qildi va 67-daqiqada
o'zining "Real" safidagi birinchi
golini kiritdi. O'sha o'yin 6:2
natijasi bilan „Real" foydasiga hal
bo'ldi. Ispaniya chempionatida u
jami 9 ta o'yinda ishtirok etdi, 7
marta o'yinni to'liq o'tkazdi va 2
marta o'yinning o'rtalarida
o'yinga tushdi. U birorta ham
kartochka olmadi. Chempionlar
ligasida Varan 4 ta o'yinda
ishtirok etdi: 3 tasi guruh
bosqichida va 1tasi yarim final
o'yinida. Ispaniya kubogida
Rafael jami 2 ta o'yinda
maydonga tushib, bitta gol
urishga muvaffaq bo'ldi.
2012/13 mavsumda Varan 2
raqam bilan boshladi. Uning bu
mavsumdagi ilk o'yinlari La liga
doirasida Deportivaga, ChLda esa
Manchester Sitiga qarshi to'g'ri
keldi hamda himoyada bexato
o'ynadi. Oktyabr oyida
jamoamizga paydo bo'lgan
"jarohat sindromi" Varanni katta
sahnaga chiqishiga zamin
yaratdi. "Real"dagi barcha qanot
himoyachilari jarohatlanganida
Pepe bilan Rafa markaziy
himoyadan, Ramos o'ngda
qanotdan, Essiyen esa chap
qanotdan joy olishdi. Shu
ko'rinishda jamoamiz ChLda
Borussiya D hamda laligada
Malyorkaga qarshi harakat qildi.
Varan barchaning ishonchini
oqladi. Yanvar oyida Pepening
safdan chiqishi Rafaelni
"portlashiga" zamin yaratdi.
Himoyaning markazidan muqim
joy egalladi, hamda oxirgi 2
klassikoda 2 ta gol urib butun
dunyo nigohini o'ziga tortdi.
Terma jamoadagi faoliyati
Varan 17 yoshida Fransiya
terma jamoasiga chaqirilgan,
lekin u rasmiy o'yinlarda ishtirok
etmagan. 2010-yil 24- avgustda u
18 yoshida Fransiya terma
jamoasi safida Daniya termasiga
qarshi birinchi marta o'yinga
tushdi. U o'zining debyut o'yinida
o'z goli bilan jamoasiga yordam
bera oldi. 2011-yil 3- fevralida u
Fransiya yoshlar terma jamoasiga
Slovakiya bilan bo'ladigan o'yin
uchun tarkibga chaqirildi. U bu
chaqiruvni o'zi uchun katta
syurpiz bo'ldi deb izoh berib
o'tdi. U slovaklarga qarshi
o'yinda 90 daqiqa harakat qildi,
o'yinning so'nggida fransuzlar
3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
21 yoshgacha Yevropa
chempionati Varan 2013-yilda
o'tadigan yoshlar o'rtasidagi
Yevropa chempionati saralash
bahslarida Latviya yoshlar terma
jamoasiga qarshi kechgan
uchrashuvda debyut qildi.
Fransiya 3:0 hisobida g'alaba
qozondi. Huddi shu hisob bilan
Ruminiya yoshlar terma jamoasi
ustidan g'alaba erishdi
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев