Hamma bilan gaplashaverishim, do'stlashishim kerakmi?.. -degan savollarini sog'indim.. Har kech o'tgan samimiy suhbatni sog'indim... Uzun salom berib quvnoq kulishlaringni sog'indim... Beg'uborligingni, hech xafa qilmas so'zlaringni, samo mukammal yaratgan husningni, ta'riflab bo'lmas doim ayb qidirganda ojiz hislatlaringni Sog'indim... Derazadan osmanga termulib hayol surishingni, yomg'irni kutishingni, yomg'irda esa yo'qotgan narsani topgandek quvonishingni Sog'indim... O'sha ilk uchrashgan ko'chamizni, o'sha bog'ni, birinchi o'rindiqda birga o'tirishimizni, uzoq yo'ldan olib kelgan muzqaymoqni shoshilib yeyishni Sog'indim... Yo'l uzoq bo'lsada yayov yurishni, qo'rqinchili odamni ko'rsang yonimga yashirinib olishingni Sog'indim... Bir avtobusni, ikkinchi, uchinchi marta kelganini ham o'tkazib yuborib, bekatda suhbatlashib o'tirishni Sog'indim... Har safar uchrashuv oldidan kiyim tanlashni, Samimiy ko'rinish uchun oddiy kiyim izlashni, mashinani uzoqda qoldirib, yoningacha yayov borishni, yo'l-yo'lakay aytmoqchi bo'lgan gaplarimni yodlab olishni, seni ko'rgach hammasini unutib qo'yishni Sog'indim... Alamli bo'lsada, qo'ng'iroq qilib yig'lab dardlaringni ishonib aytaolishingni Sog'indim... Nazar solishga yurak betlamas jamolingni, qo'lim yetmas qo'llaringni, birinchi va ohirgi marta qo'lingni tutganimni Sog'indim... Doim hursand, baxtli o'tmishimizni seni sevib bir umr sog'inib yashayman Sog'indim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев