Yigit yo'lladi salom
Qizdan keldi xush kalom
Drujbalar tashladilar
Do'st bo'lishdi vassalom
Boshlandi so'roq savol
Qayerdansiz kimsiz a
Nega javob yozmaysiz
Siz na muncha jimsiz a
Ayting faqat rostini
O'qiysizmi ishlaysiz
Net biroz qotyapdi
Bunga xafa bo'lmaysiz
Yigit qizni tariflar
Siz go'zalsiz oydanda
Kiygan liboslaringiz
Yarashibdi undanda
Shu asnoda o'tar kun
O'tar qancha bedor tun
Sevishmoqqa ulgirar
Xali bo'lmay o'n besh kun
Boshlanar ishqiy so'zlar
O'ldim kuydim sog'indim
Sizni ko'rgan kunimdan
Sevgi neligin bildim
Rashk qilaman o'zimdan
Nari ketmang ko'zimdan
Bu Muloqotga o't ketsin
Agar qaytsam so'zimdan
Bering nomeringizni
Tinglay ovozingizni
Ovozingiz ko'p yoqdi
Bir bor ko'rsaydim sizni
Shu asnoda suxbatlar
Davom etdi o'n kuncha
So'z qolmas aytilmagan
Ex shu kunga yetguncha
Ex endi bu yog'iga
Qildan qiyiq izlashar
Bir-biridan to'ygandek
Kesatishib so'zlashar
Keyin urishib qolar
Xuddi eru xotinday
Bir-birin der bevafo
Xuddi o'n yil sevganday
Shu kun tugar muxabbat
Bir-birin chorniy qilar
Bu odatiy xol, nomi
MULOQOTdagi sevgi bo'la
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1