Предыдущая публикация
Dil mohi taratgan nur kabi tilak
"Qabul et!"- deb turar xar bitta malak
Möminning suyangan tog'i Ramazon...
Bölsang uyda, xoh dalada, adirda
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda
Bu tun xatto ruhlar yotmas qabrda
Mömin-musulmonlar, röza muborak!
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan
Bu oy “Qur’on” nozil bölgan oy ekan
Röza tutgan zot iymonga boy ekan
Mömin-musulmonlar, röza muborak!
Röza bizga yordam qölin uzatmish
Takabburlar axloqini tuzatmish
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mömin-musulmonlar, röza muborak!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев