Yig'laysan dardingni adosi yo'qday,
Ahvoli tang bo'lgan, gadosi yo'qday
Yig'laysan bekatda, kechay-u kunduz,
Aytsam tanirmisiz, bekatdagi qiz...
Nazar solib, ketarman afsus,
Meni kechir, bekatdagi qiz...
Hayot shunday, yutqazmas aslo,
Senga kimdur degan alvido...
Yoki o'zing gunohing sezib,
Kutarmisan ollohdan sado...
Nazar solib ketarman afsus,
Meni kechir, bekatdagi qiz...
Ko'z yoshlaring oqdi bekatga,
Har kun kelib, yig'laysan nega,
Yuragimni tirnalab qo'yding,
Mayus nigoh, solganda menga
Nazar solib, ketarman afsus,
Meni kechir, bekatdagi qiz...
Ahvolinga hech kim achinmas,
Sening darding, o'zgalar bilmas,
O'tirasan bekatda yolg'iz...
Sen yig'lasang, kutganing kelmas
Nazar solib, ketarman afsus,
Meni kechir, bekatdagi qiz...
Taqdir o'yin, yutasan qachon,
Hayot o'tar, o'tadi zamon...
Faqat yig'lar, bekatdagi qiz
Meni kechir, der Sanjar Mirzo
Nazar solib, ketarman afsus,
Meni kechir, bekatdagi qiz...
Yo'lga chiqing, uni ko'rasiz,
Ko'rgan zahot, uni taniysiz
Bekat unga mehr ayvoni
Mehr kutar, bekatdagi qiz,
Nazar solib, ketarman afsus,
Meni kechir, bekatdagi qiz...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев