" Ezgu orzulari
bo'lganida puch, Ayol xiyonatiga
kelganida duch. Nafsini yengmoqqa
topolmasa kuch, Alamdan ezilib,
erkak yig'liydi. Xaqiqat olovdir,
yolg'on bir shisha, Xaq gapni
etmoqdan qilmam andisha. Qizi
nogox bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan yashirib erkak yig'liydi.
Cheksiz xasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasini tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak yig'liydi.
Xizmat qilolmasa tikib jonini, Rozi
qilolmasa otajonini. Tuproqqa
qo'yganda onajonini, Uyalmay
bo'kirib, erkak yig'liydi. Do'sti sotib
ketsa og'ir kunida, Dardkashi
bo'lmasa aslo yonida. Omadi
chopmasa ish maydonida, Bir
chetga o'tirib, erkak yig'liydi.
Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi, Ajalin
chaqirib, erkak yig'liydi. Xaromni
tanlasa, xalol turganda, Navqiron
yoshligini uvol qilganda. Qirq do'sti
bo'lmasa, qirqqa kirganda, Chin
dildan o'rtanib, erkak yig'liydi.
Choyxonada o'tkazgan bo'lsa
umrin, Xech masjid tomonga
burmasa yo'lini. Bir kuni tushunsa
adashganligini, Umriga achinib,
erkak yig'liydi.Toshdan ham
qattiqdir yetimlik noni, Taqdirida
bo'lsa sag'irlik oni. Ming bir
azoblarda qolganda joni, Ko'ngliga
suyanib, erkak yig'liydi. Maylaru
sharobga bo'lsa u oshiq, Jirkanch
odatlargami yashasa sodiq. Nom
qozonolmasa ablaxdan ortiq, Bir
kuni og'rinib, erkak yig'liydi. Xech
ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari "ketdik" desa Azroil, "E
vox", deb baqirib, erkak yig'liydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев