Madrid" jamoasiga "Barselona"ni
mag'lub etish uchun taklif
etilganman" Portugaliyalik
mutaxassis AS nashriga intervyu
berib, Krishtiano Ronaldo
atrofida bo'lib o'tayotgan gap-
so'zlarga to'htalmaslikni lozim
topdi. Lekin dunyo futbolining
dolzarb mavzulari bo'lmish,
"molyaviy fair play" hamda "Real
Madrid" hamda "Barselona"
qarama- qarshiligi haqida
o'zining qiziqarli fikrlari bilan
o'rtoqlashdi. Qanday qilib "Real
Madrid" hamda "Barselona" kabi
minglab "sosyos" (jamoaning
egalari) orqali boshqariladigan
jamoalar, futbol olamiga katta
pullar sarflayotgan rus hamda
arab millarderlariga qarshi tura
olishadi? O'zlarining yulduzlarini
jamoada qanday qilib saqlab
qolisha oladilar? "Madrid",
"Barselona", "Bavariya"... bu
jamoalarning haqiqiy kapitail bu
- ularning tarixidir. Bu narsani
hech qanday mablag' evaziga
sotib olib bo'lmaydi. Sovrinlar,
Chempionlar kubogi, an'analar,
tarix, muhlislar... Pul bu
narsalarning barchasini jalb
qilishga ojizlik qiladi. Shuning
uchun ham eng yahshi
futbolchilar men yuqorida aytib
o'tgan, o'z muzeyini deyarli bir
asr davomida to'ldirib
kelayotgan uch jamoa hamda
yana bir nechta jamoalarda to'p
surishga oshiqadilar. Bu
futbolchilar uchun hali hamon
katta ahamiyat kasb etib
kelmoqda. Aytaylik yaqin orada
Platinining sayi harakatlari ila,
yevropa futboli "moliyaviy fair
play" tizimiga o'tadi. Bu tizimda
qattiy chora tadbirlar,
sanksiyalar ishlab chiqilgan
bo'lib, qattiqo'llik bilan
boshqariladi. Bu narsa juda katta
mablag'ga ega bo'lgan, ammo
tashkiliy jihatdan keraklicha
shakllantirilmagan jamoalar
uchun haqiqiy bosh og'rig'i
bo'ladi. "Madrid" - mening
jamoam esa bu bosqichga
o'tishga tayyor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев