ostida harakat qiladi. "Real
Madrid Kastillya" jamoasining
sardori Nacho Fernandes, Joze
Mourinyo tomonidan asosiy
jamoaga o'tkazildi va endi yosh
himoyachi 27-raqam ostida
maydonda harakat qiladi. Eslatib
o'tamiz, Nacho, Morata hamda
Xesusdan so'ng yosh jamoadan
asosiy jamoaga o'tkazilgan
uchinchi futbolchidir. "Real
Madrid" jamoasining bosh
murabbiysi Joze Mourinyo
bundan avval futbolchi asosiy
jamoa tarkibiga kirish uchun
to'la haqli deb e'tirof etilayotgan
edi. Bugun bo'lib o'tgan press-
konferensiyada portugaliyalik
murabbiy rasmiy tarzda buni
tasdiqladi. Yosh himoyachining
universalligi Mourinyoning
e'tiborini tortgan bo'lsa ne ajab.
Nacho himoyaning o'ng va chap
qanotida va bundan tashqari
himoya markazida ham birdek
o'ynay oladi. Nachoning jamoaga
kelishi haqida gapiradigan
bo'lsak, u "Real Madrid"ga 11
yoshida ya'ni 2001 yil kelib
qo'shilgandi. Mana to'rt yildirki
"Kastillya" uchun to'p surmoqda.
Avvallari ham Nacho Fernandes
asosiy jamoaga bir necha bor
chaqirtirilgan va hattoki
maydonda ham haraka qilgan
edi. Uning asosiy jamoadagi
debyuti 2010-2011 yilgi
mavsumda "Valensiya"ga qarshi
kechgan uchrashuvida bo'lib
o'tgan. Bu mavsum
boshlanishidan oldin esa
futbolchi butun yozni asosiy
jamoaning mashg'ulotlarida
qatnashib o'tkazdi va Joze
Mourinyoning e'tiboriga yana
ham mustahkam joylashdi. Endi
yosh futbolchi asosiy jamoada
o'zini yahshi tomonlarini
ko'rsatib, asosiy jamoaning
asosiy futbolchisiga aylanishga
harakat qilib ko'radi. Bunda unga
omad tilab qolamiz!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев