Davlat berib minnat qilmas be'minnatim,
Qadringizni goho bilib, goh bilmadim.
Volidamning suangani ey kimmatim,
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota.
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota
Goho onam, goho singlim, ham otamsiz,
Olam ichra mehribonim bir olamsiz.
Bu dunyoda men suangan bir odamsiz,
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota.
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota
Aytmasam ham sezib turar qalbim dardi,
Siz bor uchun urib turar yarim qalbim.
Yuksalaman xar deganda jigarbandim,
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Mehribonim baxtimga sog‘ bo‘ling ota.
Istasangiz ming o‘g‘ilni o‘rnin bosay,
Bir lahzalik shodligizga jonim osay.
Kechirdingiz hatto ota gunoh qilsak,
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota.
Yana bir bor sochim mayda o‘ring ota,
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota.
Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling ota.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев