O'zi meni yaxshi ko'rasizmi degan savollaringni.
Sog'indim... Har kech o'tgan samimiy suhbatni.
Sog’indim... Uzun salom berib quvnoq kulishlaringni.
Sog'indim... Beg'uborligingni, hech hafa qilmas so'zlaringni, samo mukammal yaratgan husningni ta'riflab bo'lmas, doim ayb qidirganda ojiz qoladigan xislatlaringni.
Sog'indim... Derazadan osmonga termulib hayol surishingni, yomg'irni kutishingni, yomg'irda esa yo'qotgan narsasini topib olgan odamdek quvonishingni.
Sog'indim... O'sha ilk uchrashgan ko'chamizni, o'sha bog'ni, birinchi o'rindiqdagi birga o'tirishimizni, uzoq yo'ldan olib kelingan muzqaymoqni shoshib yeyishni.
Sog'indim... Yo'l uzoq bo'lsada, yayov yurishni, qo'rqinchli odamni ko'rsang yonimga yashirinib olishingni.
Sog'indim... Bir avtobusni ikkinchi, uchinchi marta kelganini ham o'tkazib yuborib bekatda suhbatlashib o'tirishni.
Sog'indim... Mashinani uzoqda qoldirib, yoninggacha piyoda borishni, yo'l-yo'lakay aytmoqchi bo'lgan gaplarimni yodlab olishni, seni ko'rgach hammasini unutib qo'yishni.
Sog'indim... Alamli bo'lsada, qo'ng'iroq qilib, yig'lab, dardlaringni ishonib ayta olishlaringni.
Sog'indim... Hamma hammasini ♥
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев