Предыдущая публикация
Unutdim ko'zimda mung damlarimni,
Unutdim vozkechgan odamlarimni,
Seni unutolmay, yig'lagim keldi.
Qarog'imga ko'mgandim ko'zyoshlarimni,
Mukofot bilgandim bardoshlarimni,
Bo'shliqqa otgandim oy, quyoshlarimni,
O'zligimdan kechib yig'lagim keldi.
Dunyo ters bo'lsayu, yonimda bo'lsang,
Qo'llaringni silab uxlagim keldi.
G'ururim boshimga balodek, bilsang,
Yigit boshim bilan yig'lagim keldi,
Ko'zda yoshim bilan uxlagim keldi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев